https://oz.sputniknews.uz/20230207/onkologik-amaliyotlar-uchun-chet-elga-chiqish-70-foizga-kamaydi--ssv--32068298.html
Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi – SSV
Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi – SSV
Sputnik O‘zbekiston
Jigar o‘smalari, sut bezi va bachadon bo‘yni raki, kololektal va buyrak saratoni kabi kasalliklar bo‘yicha bemorlarning xorijga chiqishlari qariyb 70 foizga kamaygan. 07.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-07T12:44+0500
2023-02-07T12:44+0500
2023-02-07T12:44+0500
jamiyat
saraton
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24581869_0:97:3294:1950_1920x0_80_0_0_2c4e8764a236924afb881d06e7bb93e2.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov ma’lum qildi.Qayd etilishicha, 2022-yil hududlarda 10 000 nafarga yaqin aholi ishtirokida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklarda 6 156 nafar bemor aniqlanib, ularning 114 nafarida yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi.Markaz amaliyotiga 7 turdagi, viloyat darajasida 24 turdagi, tuman darajasida esa 2 turdagi yangi jarrohlik va diagnostika usullari tatbiq qilinib, umumiy amaliyotlar soni 2021-yilga nisbatan 36 foizga oshgan.Shuningdek, o‘tgan yilning o‘zida onkologik muassasalarda faoliyat yuritayotgan 112 nafar mutaxassis markazda, 78 nafari esa xorijda qayta tayyorlangan.Avvalroq O‘zbekistonda onkologik kasalikka chalingan bemorlarni davolashda foydalaniladigan kimyo dorilari ta’minoti 95 foizga yaxshilangani haqida xabar berilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24581869_283:0:3012:2047_1920x0_80_0_0_6607c8539f06a9065187abd58b08303d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, saraton, kasallik
jamiyat, saraton, kasallik
Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi – SSV
Jigar o‘smalari, sut bezi va bachadon bo‘yni raki, kololektal va buyrak saratoni kabi kasalliklar bo‘yicha bemorlarning xorijga chiqishlari qariyb 70 foizga kamaygan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Onkologik amaliyotlar uchun chet elga chiqish 70 foizga kamaydi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillashayxov
ma’lum qildi. “Markazimizning yetakchi mutaxassislaridan iborat guruhlar muntazam ravishda hududlarga chiqib, mahorat darslari, seminarlar o‘tkazmoqda. Joylarda aholi uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilyapti”, - deydi u.
Qayd etilishicha, 2022-yil hududlarda 10 000 nafarga yaqin aholi ishtirokida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklarda 6 156 nafar bemor aniqlanib, ularning 114 nafarida yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi.
Markaz amaliyotiga 7 turdagi, viloyat darajasida 24 turdagi, tuman darajasida esa 2 turdagi yangi jarrohlik va diagnostika usullari tatbiq qilinib, umumiy amaliyotlar soni 2021-yilga nisbatan 36 foizga oshgan.
“Natijada, jigar o‘smalari, sut bezi va bachadon bo‘yni raki, kololektal va buyrak saratoni kabi kasalliklar bo‘yicha bemorlarning xorijga chiqishlari qariyb 70 foizga kamaydi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘tgan yilning o‘zida onkologik muassasalarda faoliyat yuritayotgan 112 nafar mutaxassis markazda, 78 nafari esa xorijda qayta tayyorlangan.
Avvalroq O‘zbekistonda onkologik kasalikka chalingan bemorlarni davolashda foydalaniladigan kimyo dorilari ta’minoti 95 foizga yaxshilangani haqida
xabar berilgandi.