Hamma aholi punktlarida harakat tezligi soatiga 60 km gacha tushirilishi mumkin

© SputnikDorojnie znaki
Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilmoqchi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirish taklif qilinmoqda. Bu muhokamaga qo‘yilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilish maqsad qilingan.
“2023 yil 1-iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilsin”, - deyilgan hujjatda.
Tezlikni 10 kilometr soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib kelishi aytilmoqda.
Muhokama 17-fevralgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangan edi.

Mavzuga oid:

Tezlik 60 kmgacha cheklangan ko‘chalarda jarimaga tortish qachon boshlanadi
Buxorodagi ayrim ko‘chalarda maksimal tezlik 60 km etib belgilanadi
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport tezligini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0