Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi - manzillar

© Davlat test markazi Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti (Ma’ruzalar zali).
Manzil: Nukus shahri Ch.Abdirov ko‘chasi 1-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: 2-son kasb-hunar maktabi.
Manzil: Nukus shahri A.Utepov ko‘chasi 31-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Andijon viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Andijon qilshloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Manzil: Andijon tumani Kuyganyor shaharchasi Oliygoh ko‘chasi 1-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabi (oldingi Bank kolleji).
Manzil: Andijon shahri Qo‘shariq dahasi 5-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Namangan viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2-o‘quv binosi.
Manzil: Namangan shahri Kosonsoy ko‘chasi 7-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi (oldingi 1-tibbiyot kolleji).
Manzil: Namangan shahri Usmon Nosir ko‘chasi 14-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Farg‘ona viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Manzili: Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 86-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Farg‘ona kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi.
Manzil: Farg‘ona shahri Q.Dodxoh ko‘chasi 2-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Buxoro viloyati
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Xorazm viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Urganch davlat universiteti (bosh binosi, ma’ruzalar zali).
Manzili: Urganch shahri Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Urganch davlat universiteti akademik litseyi.
Manzili: Urganch shahri Fayozov ko‘chasi 27-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Surxondaryo viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Termiz davlat universitetining “Axborot texnologiyalari” fakulteti (yangi 7 qavatli bino).
Manzili: Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasi 43-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
Manzil: Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy.
Mo‘ljal: Davlat xizmatlari markazi ro‘parasi.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Qashqadaryo viloyati
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
Joy nomi: Xalqaro innovatsion universitet (oldingi Politexnika kolleji).
Manzil: Qarshi shahri I.Karimov ko‘chasi 405-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Jizzax viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti (ma’ruzalar zali).
Manzili: Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Jizzax politexnika instituti akademik litseyi.
Manzil: Jizzax shahri I.Karimov ko‘chasi 4-“A” uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Navoiy viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Navoiy davlat pedagogika institutining “Matematika va informatika” fakulteti.
Manzil: Navoiy shahri Janubiy ko‘chasi 1-“A” uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi.
Manzil: Navoiy shahri Shodlik ko‘chasi 6-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Samarqand viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi (yangi binoning 6-7-qavatlari).
Manzil: Samarqand shahri Lolazor ko‘chasi 70-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi.
Manzil: Samarqand shahri Mirsaid baraka ko‘chasi 4-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Sirdaryo viloyati
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Guliston davlat universitetining “Ishlab chiqarish texnologiyalari” fakulteti.
Manzil: Guliston shahri 4-mavze Bo‘ston mahallasi Guliston ko‘chasi.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Guliston davlat pedagogika instituti (oldingi Guliston akademik litseyi).
Manzili: Guliston shahri 4-mavze Bo‘ston mahallasi Guliston ko‘chasi.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Toshkent shahri
Imtihonning yozma qismi:
Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan).
Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49- uy.
Joylashuvi (geolokatsiya)
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi (Davlat test markazi).
Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
Joylashuvi (geolokatsiya).
Yangiliklar lentasi
0