Barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berilishi mumkin

© Maktabgacha ta’lim agentligiBolalar oshxonasi
Bolalar oshxonasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Umumxalq muhokamasi uchun 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. Loyiha qabul qilinsa barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Barcha maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Tegishli taklif umumxalq muhokamasi uchun joylangan 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, ta’lim sifatini oshirish maqsadida shu yil 1-sentabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda o‘quvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Unga ko‘ra 2023/2024 o‘quv yilidan:
bosqichma-bosqich yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi;
respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;
davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratiladi.
Shuningdek, 1-apreldan maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida yangi davlat bog‘chalarini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bog‘chani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinadi.
Ushbu hujjat loyihasi 22-fevralga qadar muhokamada bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyidan Qoraqalpog‘istondagi maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tayyor oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 716 ta ta’lim muassasida 143 577 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi keytering tashkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0