Iqtisod

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toʻxtatildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishOplata JKX
Oplata JKX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga 2023 yil 1 aprelgacha jarimalar qoʻllanilmaydi.
TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha toʻxtatiladi.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga 2023 yil 1 aprelgacha jarimalar qoʻllanilmaydi.
Shuningdek, tadbirkorlar 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.
Tadbirkorlar tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha toʻxtatib turiladi.
2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qoʻllanilmaydi.
Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023 yil 1 aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toʻxtatiladi.
Qarorga koʻra, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.
Yangiliklar lentasi
0