https://oz.sputniknews.uz/20230206/rossiya-oltin-valyuta-zaxiralari-boyicha-tortinchi-oringa-chiqdi--32027769.html
Rossiya oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa chiqdi
Rossiya oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qaramasdan Rossiyaning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazishning iloji bo‘lmadi. 2022-yil yakunida... 06.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-06T17:53+0500
2023-02-06T17:53+0500
2023-02-06T17:53+0500
rossiya
oltin-valyuta zaxiralari
markaziy bank
reyting
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/347/81/3478174_0:318:3077:2048_1920x0_80_0_0_a0fb247218c516d8cbc7669abbea81a5.jpg
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Rossiya 2022-yil oxirida oltin-valyuta zaxiralari miqdori bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qildi Markaziy bank. Xitoy 17-yil ketma-ket bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda – dekabr oyi oxirida uning zaxiralari 3,31 trillion dollarni tashkil qildi. Yaponiya 1,27 trillion dollar bilan ikkinchi, Shveysariya esa 924 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.Oltinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni - $460 mlrd Yil yakunida u ikki pog‘onaga ko‘tarilib, Gonkong ($424 mlrd) va Janubiy Koreya ($424 mlrd.) dan o‘zib ketdi. 2021-yilda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan Singapur ikki pog‘onani yo‘qotdi va kuchli o‘nlikdan chiqib ketdi. Braziliya ($325 mlrd) - to‘qqizinchi, Germaniya ($295 mlrd) - o‘ninchi o‘rinni egalladi.Umumiy hisobda eng yuqori 30 talikda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi: yagona yangi kelgan Shvetsiya bo‘lib, u Niderlandiyani oxirgi, 30-qatordan siqib chiqardi. Shu bilan birga, deyarli barcha davlatlar o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirdi, Fransiya va Italiya esa ularni sezilarli darajada yaxshiladi va ikki pog‘onaga ko‘tarildi – mos ravishda 12 va 14-o‘rinlarga chiqdi.Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirib, xususan, valyuta zaxiralarining yarmini muzlatib qo‘ydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. Shunga qaramay Rossiyaning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazishning iloji bo‘lmadi va Yevropaning o‘zi ham sanksiyalar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/347/81/3478174_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_c9994340cb454cbf67a6d978e0d42fa3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, oltin-valyuta zaxiralari, markaziy bank, reyting
rossiya, oltin-valyuta zaxiralari, markaziy bank, reyting
Rossiya oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa chiqdi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan kiritilgan sanksiyalarga qaramasdan Rossiyaning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazishning iloji bo‘lmadi. 2022-yil yakunida oltin valyuta zahiralari bo‘yicha Rossiya bir pog‘oni yuqoriga chiqdi.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Rossiya 2022-yil oxirida oltin-valyuta zaxiralari miqdori bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qildi Markaziy bank.
Xitoy 17-yil ketma-ket bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda – dekabr oyi oxirida uning zaxiralari 3,31 trillion dollarni tashkil qildi. Yaponiya 1,27 trillion dollar bilan ikkinchi, Shveysariya esa 924 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Rossiya yilni 582 milliard dollarlik zaxira bilan yakunladi. 2021-yilda Hindiston zaxiralar bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa chiqib olgan edi, lekin 2022-yil yozda Rossiya o‘z o‘rnini tikladi. Hozir Hindiston 563 milliard dollarlik zaxiralari bilan beshinchi o‘rinda qolmoqda.
Oltinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni - $460 mlrd Yil yakunida u ikki pog‘onaga ko‘tarilib, Gonkong ($424 mlrd) va Janubiy Koreya ($424 mlrd.) dan o‘zib ketdi.
2021 yilda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan Singapur ikki pog‘onani yo‘qotdi va kuchli o‘nlikdan chiqib ketdi. Braziliya ($325 mlrd) - to‘qqizinchi, Germaniya ($295 mlrd) - o‘ninchi o‘rinni egalladi.
Umumiy hisobda eng yuqori 30 talikda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmadi: yagona yangi kelgan Shvetsiya bo‘lib, u Niderlandiyani oxirgi, 30-qatordan siqib chiqardi. Shu bilan birga, deyarli barcha davlatlar o‘z pozitsiyalarini o‘zgartirdi, Fransiya va Italiya esa ularni sezilarli darajada yaxshiladi va ikki pog‘onaga ko‘tarildi – mos ravishda 12 va 14-o‘rinlarga chiqdi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirib, xususan, valyuta zaxiralarining yarmini muzlatib qo‘ydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ta’kidlaganidek, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiyadir, ammo sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berdi. Shunga qaramay Rossiyaning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazishning iloji bo‘lmadi va Yevropaning o‘zi ham sanksiyalar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.