O‘zbekistonda ham zilzila sodir bo‘lish ehtimoli bormi - FVV javobi

© SAM YEH / AFPZemletrasenie
Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Seysmik vaziyatni baholash va prognoz qilish komissiyasi xulosasiga ko‘ra yaqin vaqt magnitudasi 5 va undan ortiq balli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli yo‘q. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmik vaziyatni baholash va prognoz qilish bo‘yicha Idoralararo ekspert komissiyasi, xulosasiga ko‘ra ma’lum qilmoqda.
Seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar natijalariga asosan, Idoralararo ekspert komissiyasining 2023-yil 3-fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligi ma’lum qilinadi, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 6-fevral kuni Turkiya va Suriyada 7,7 balli zilzila sodir bo‘lgan edi. Uning oqibatida Turkiyada 1100dan ortiq Surida 460dan ortiq kishi vafot etgan, minglab binolar vayron bo‘lgan. Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an ushbu tabiiy ofat 1930-yillardan buyon eng dahshatlisi bo‘lganini aytmoqda.
Ushbu vaziyatda aholi o‘rtasida turli sarosimalar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida FVV xolis va ishonchli ma’lumotlar taqdim etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0