Nega uylarni bazalt tolali plitka bilan qoplash kerak – Qurilish vazirligi
© "O‘zsanoatqurilishmateriallari"Proizvodstvo energosberegayushix stroymaterialov
© "O‘zsanoatqurilishmateriallari"
Obuna bo‘lish
Bazalt plitalari ko‘p qavatli uylarda bir metr balandlikda o‘rnatilyapti. Shuningdek, ustidan maxsus qoplama ham qilinmoqda.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Ko‘p qavatli uylar bazalt tolali plitkalar bilan qoplanganda qanday ijobiy natijalarga erishiladi? Ushbu savolga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi vakili Saidnosir Usmonov javob berdi.
Mutaxassislarning fikricha, bazalt plitalari bilan qoplangan uylarda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
Energiya samardorligi - o‘rtacha 30-35 %. Buning samarasi yoz oylarida ham seziladi, havo sovutkich qurilmalariga bo‘lgan ehtiyoj uch baravarga kamayadi, chunki bazalt qishda issiqni, yozda sovuqni nisbatan saqlash xususiyatiga ega.
Shovqin kamaytirish - qoplama tashqaridagi shovqinni ham ancha pasaytiradi va odatdagi 30-40 detsibel shovqinni 15-20 detsibelgacha kamaytirishi tajribalarda ko‘p bora isbotlangan.
Isbotlangan amaliyot. Bino fasadini tashqaridan bazalt bilan qoplash - bu dunyoda o‘zini oqlagan amaliyot. Bu yerda nafaqat mahalliy, balki xorijlik ekspert mutaxassislarning fikrlari ham inobatga olinayapti.
Ayni damda Toshkentda Uchtepa hamda Chilonzor tumanlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining Chirchiq va Angren shaharlari hududlarida namuna sifatida ko‘p qavatli uylarni bazalt plitalari bilan qoplash ishlari boshlangan. Bazalt plitalari ko‘p qavatli uylarda bir metr balandlikda o‘rnatilyapti. Shuningdek, ustidan maxsus qoplama ham qilinmoqda.
"Buguni kunda Toshkentda qariyb 10 mingdan ortiq eski ko‘p qavatli uylar bor. Albatta, bu uylar aholining xususiy mulki, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Shu bois bu ishlar dastlab namuna sifatida ko‘rsatilmoqda", - deydi mutaxassis.
Usmonovning aytishiga ko‘ra, uylarni bazalt plialar bilan qoplash bu kompleks reja bo‘lib, barcha jarayonlar jarayonlar dastlab tashxis qilinadi va bosqichma-bosqich davom ettiriladi.
© Sputnik / Kirill Kallinikovuteplenie zdaniy
uteplenie zdaniy
© Sputnik / Kirill Kallinikov
Ma’lumot uchun, bazalt – bu toshning bir turi bo‘lib, uni 1 400- 2000 darajali olovda eritib, undan tola olinadi va paxta holatiga keltiriladi. Buning afzalligi u avvalo issiq va sovuqni o‘tkazmaydi. O‘ziga nam tortmaydi. Muhimi mog‘or ham, bakteriya ham hosil qilmaydi.
Vazirlik malumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bazalt plitalarni ishlab chiqishi faol yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, Toshkent shahrida 2022-yilda yiliga 30 ming tonna bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona foydalanishga topshirildi.
Vazirlik malumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bazalt plitalarni ishlab chiqishi faol yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, Toshkent shahrida 2022-yilda yiliga 30 ming tonna bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona foydalanishga topshirildi.
Undan tashqari 2023–2024 yillarda bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 63,1 mln dollar bo‘lgan 3 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Korxonalar Andijon, Navoiy va Jizzax viloyatlarida ishga tushiriladi va yiliga 95 ming tonna qo‘shimcha quvvat yaratiladi. Natijada 2023-yilda Respublikada bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish quvvati 178 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.