Dunyoda

Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf vafot etdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishPervez Musharraf
Pervez Musharraf - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Musharraf amiloidoz (organizmda moddalar almashinuvi buzilishi) xastaligidan aziyat chekayotgan boʻlgan.
TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf bugun, 5 fevral kuni uzoq davom etgan xastalikdan soʻng Dubaydagi shifoxonada 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Geo News” sobiq prezident oilasi vakillariga tayanib xabar bergan.
Musharraf amiloidoz (organizmda moddalar almashinuvi buzilishi) xastaligidan aziyat chekayotgan boʻlgan.
Parvez Musharraf 1943 yilning 11 avgustida oʻsha paytda Britaniya mustamlakalarining bir qismi boʻlgan Dehli shahrida tugʻilgan. Pokiston ajralib chiqqanidan keyin uning oilasi Karachi shahriga koʻchib oʻtgan. 1991 yilda u general unvoniga ega boʻlgan, 1998 yilda esa Bosh shtab boshligʻi, soʻngra Pokiston shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi va Pokiston armiyasining bosh qoʻmondoni boʻlgan. Musharraf 2001 yildan 2008 yilgacha Pokiston prezidenti boʻlgan.
Pokistonda unga vatanga xiyonat ayblovi bilan, oʻlim jazosi xavf solayotgandi. Shunga qaramay unga davolanish uchun chet elga chiqishga ruxsat berilgan.
Yangiliklar lentasi
0