Dunyoda

JSST: Hozir “omikron” shtammining 600 dan ortiq subvariantlari mavjud

© Pixabay / Alexandra KochShtamm omikron
Shtamm omikron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taʼkidlanishicha, “omikron” shtammining soʻnggi paytlarda dunyoning qator davlatlarida “kraken” nomini olgan XBB.1.5 versiyasi shiddat bilan tarqalmoqda.
TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Koronavirusning “omikron” shtammi hamon faol mutatsiyaga uchrash bosqichida. Hozir u 600 dan ortiq subvariantga ega va rivojlanish jarayoni toʻxtagani yoʻq. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerxove maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, “omikron” shtammining soʻnggi paytlarda dunyoning qator davlatlarida “kraken” nomini olgan XBB.1.5 versiyasi shiddat bilan tarqalmoqda.
Tahlillarga koʻra, koronavirusning bu subvarianti garchi nisbatan yengil asoratlar bilan oʻtayotgan boʻlsa-da, ammo u oʻta yuquvchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois XBB.1.5 AQSH va Yevropaning koʻplab mamlakatlarida allaqachon dominant versiyaga aylanib ulgurgan.
JSST dunyo aholisi toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi zarurligini taʼkidlamoqda. Bu tavsiyalarga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub qatlam — keksalar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, immuniteti zaif kishilar, tibbiyot xodimlari va homilador ayollar amal qilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0