https://oz.sputniknews.uz/20230205/indoneziya-tashkiloti-bilan-samarqandda-turizmni-rivojlantirish-boyicha-hamkorlik-qilinadi-32012665.html
Indoneziya tashkiloti bilan Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi
Indoneziya tashkiloti bilan Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Indoneziya ulamolar kengashi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olingan. 05.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-05T17:42+0500
2023-02-05T17:42+0500
2023-02-05T17:42+0500
turizm
indoneziya
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30340339_0:74:2730:1610_1920x0_80_0_0_f0c5416a1741aed40e322032242e93b5.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Indoneziya ulamolar kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.Ta’kidlanishicha, Indoneziya vakillari bilan “halol” sertifikatini joriy qilish, ushbu mamlakat aholisini “Umra+” ziyorat dasturlari doirasida O‘zbekistonga safarlarini uyushtirish, qadimiy qo‘lozmalarni o‘rganish, ikki davlat hududlarida birgalikda turli anjumanlar va ko‘rgazmalar tashkil qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Indoneziya ulamolar kengashi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olingan.Ma’lumot uchun: Indoneziya ulamolar kengashi mustaqil tashkilot bo‘lib, davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Kengash Indoneziyadagi eng yuqori islom ulamolari organi sifatida 1975-yilda tashkil etilgan.
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30340339_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_13b0ba6a3fd027110a1a60d73945cc18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, indoneziya, samarqand
turizm, indoneziya, samarqand
Indoneziya tashkiloti bilan Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Indoneziya ulamolar kengashi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olingan.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Indoneziya ulamolar kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. “Tadbir doirasida Samarqandning boy madaniy-ma’rifiy tarixi, o‘zbekistonlik buyuk allomalarning dunyo, jumladan, islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, ko‘hna shaharning sayyohlik va ziyorat turizm yo‘nalishidagi salohiyati to‘g‘risida so‘zlab berildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Indoneziya vakillari bilan “halol” sertifikatini joriy qilish, ushbu mamlakat aholisini “Umra+” ziyorat dasturlari doirasida O‘zbekistonga safarlarini uyushtirish, qadimiy qo‘lozmalarni o‘rganish, ikki davlat hududlarida birgalikda turli anjumanlar va ko‘rgazmalar tashkil qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Indoneziya ulamolar kengashi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olingan.
Ma’lumot uchun: Indoneziya ulamolar kengashi mustaqil tashkilot bo‘lib, davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Kengash Indoneziyadagi eng yuqori islom ulamolari organi sifatida 1975-yilda tashkil etilgan.