https://oz.sputniknews.uz/20230205/galaba--hayraton-temir-yoli-qachon-ochilishiga-aniqlik-kiritildi-32012511.html
“G‘alaba – Hayraton” temir yo‘li qachon ochilishiga aniqlik kiritildi
“G‘alaba – Hayraton” temir yo‘li qachon ochilishiga aniqlik kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi shartnoma imzolangandan so‘ng G‘alaba-Hayraton temir yo‘li ochiladi. 05.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-05T16:53+0500
2023-02-05T16:53+0500
2023-02-05T16:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston
afg‘oniston
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/06/25081126_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_533c19adb5440e4a6c627e7f1955c3a3.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish bo‘yicha yangi shartnoma kelasi haftada imzolanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida “So‘g‘diyona trans” ShK va Afg‘oniston temir yo‘llari o‘rtasida yangi shartnoma shartlari Afg‘onistonning maxsus komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib, kelishilgan.Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston tomoni Hayraton stansiyasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan texnik ishlarni o‘zlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani to‘g‘risida xech qanday tushuntirish bermayapti.Bundan tashqari, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi Hayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni bo‘shatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun “Mansor Fateh” kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Tashkilot kelishilgan muddat - 31-yanvarga qadar Hayraton stansiyasida ishlarni tashkillashtirishga ulgurmagan.Yangi shartnoma imzolangandan so‘ng G‘alaba-Hayraton temir yo‘li ochiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/06/25081126_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_42618af28b37f8ce5aa7067d881dc6a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, afg‘oniston, temir yo‘l
jamiyat, o‘zbekiston, afg‘oniston, temir yo‘l
“G‘alaba – Hayraton” temir yo‘li qachon ochilishiga aniqlik kiritildi
Yangi shartnoma imzolangandan so‘ng G‘alaba-Hayraton temir yo‘li ochiladi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish bo‘yicha yangi shartnoma kelasi haftada imzolanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida “So‘g‘diyona trans” ShK va Afg‘oniston temir yo‘llari o‘rtasida yangi shartnoma shartlari Afg‘onistonning maxsus komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib, kelishilgan.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston tomoni Hayraton stansiyasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan texnik ishlarni o‘zlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani to‘g‘risida xech qanday tushuntirish bermayapti.
Bundan tashqari, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi Hayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni bo‘shatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun “Mansor Fateh” kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Tashkilot kelishilgan muddat - 31-yanvarga qadar Hayraton stansiyasida ishlarni tashkillashtirishga ulgurmagan.
“Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga ko‘ra, keyingi xafta boshida Termiz shahrida Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Hayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha “So‘g‘diyona trans” ShK va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Yangi shartnoma imzolangandan so‘ng G‘alaba-Hayraton temir yo‘li ochiladi.