https://oz.sputniknews.uz/20230205/erlar-degradatsiyasiga-qarshi-kurashish-tadbirlarini-monitoring-qilish-tartibi-belgilandi-32009612.html
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab... 05.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-05T09:31+0500
2023-02-05T09:31+0500
2023-02-05T09:31+0500
jamiyat
qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_e9d21491adb4e235aef4a7cd88957b4c.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.Hukumat qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25235597_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_73397f035990c72690b005c5710b61f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qaror
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi
Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali
xabar berdi. Hukumat qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, qishlok xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.
Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.
Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:
yerning tuzilishi buzilmagan;
antropogen ta’sirda buzilgan;
degradatsiyaga uchramagan;
kuchsiz degradatsiyalangan;
o‘rta degradatsiyalangan;
kuchli degradatsiyalangan;
o‘ta kuchli degradatsiyalangan.
Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.
Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.