Jamiyat

Boʻkada mikro gidroelektrostantsiya quriladi

© Press-slujba MinenergoV Andijanskoy oblasti vvedena v stroy modernizirovannaya gidroelektrostantsiya
V Andijanskoy oblasti vvedena v stroy modernizirovannaya gidroelektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev loyiha bilan tanishdi.
TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Boʻka tumanida mikro gidroelektrostantsiya quriladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, kichik gidroelektrostantsiya Boʻka tumani “Jagʻabayli” mahalla fuqarolar yigʻini hududida qurilishi rejalashtirilmoqda.
“Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev loyiha bilan tanishdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur mikro gidroelektrostantsiya qurilishi moʻljallangan hududdan 2 ta kanal oʻtgan. Olinishi koʻzda tutilayotgan qoʻshimcha 100 kVt elektr energiyasi olti yuzga yaqin xonadonni uzluksiz elektr bilan taʼminlaydi.
Taqdimotda aholiga qoʻshimcha imkoniyat yaratish maqsadida bu kabi loyihalarni elektr energiya quvvati past boʻlgan olis hududlarda ham joriy etish lozimligi taʼkidlangan.
Viloyat hokimi mazkur loyiha boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar, eng birinchi qadamlar nimalardan iborat boʻlishi lozimligi yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini aytgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga zarur koʻrsatmalar bergan.
Yangiliklar lentasi
0