Siyosat

Senat va BAA Federal milliy kengashi memorandum imzoladi – hamkorlik rejalari

© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr Gʻobash bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oliy Majlis Senati va BAA Federal milliy kengashi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Senatning axborot xizmati xabar berdi.
Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr Gʻobash bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va BAA parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlar izchilligini taʼminlash, xususan, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, gender tenglik va yoshlar masalalari boʻyicha oʻzaro tajriba almashish maqsadga muvofiq ekanligi bildirildi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva oʻz soʻzida Amirliklar parlamenti bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “doʻstlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Suhbat davomida Oliy Majlis Senati Federal milliy kengashi bilan oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, tegishli qoʻmitalar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, elektron parlament joriy etishda tajriba almashish kabi masalalar boʻyicha kelishib olindi.
© Senat Oliy MajlisaTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Tanzila Narbayeva
Yangiliklar lentasi
0