Rossiya

Rossiya Yevropani Qurʼonni yoqib yuborganlarni jazolashga chaqirmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka oʻtishValentina Matviyenko
Valentina Matviyenko  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Valentina Matviyenko: Biz, ayniqsa, Yevropa davlatlari hukumatlari va parlamentlari ekstremistlarning harakatlariga adekvat javob bermayotganidan gʻazabdamiz.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya Federatsiya kengashi Yevropa parlamentariylarini Niderlandiya va Shvetsiyada Qurʼon yoqib yuborilgani kabi diniy yodgorliklarni tahqirlashda aybdorlarni oshkora qoralash va jazolashga chaqiradi. Bu haqda kengash raisi Valentina Matviyenko oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
“Rossiyalik senatorlar yevropalik parlamentariylarni radikal ekstremistlarning harakatlarini diniy murosasizlikning koʻrinishi sifatida ochiq qoralashga va musulmonlar va boshqa din vakillarining eʼtiqod erkinligi huquqini himoya qilish choralarini koʻrishga, shuningdek, provokatsiyalar uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda", - deb yozdi u.
Matviyenko alohida taʼkidlaganidek, "ayniqsa Yevropa davlatlari hukumatlari va parlamentlari ekstremistlarning harakatlariga adekvat javob bermayotgani gʻazablantiradi".
“Qurʼonning tahqirlanishi nafaqat musulmonlarni, balki Rossiyadagi barcha konfessiya vakillarini ham larzaga solmoqda”, deya qoʻshimcha qildi Matviyenko.
Eslatib oʻtamiz, radikal siyosatchi Rasmus Paludan bir necha bor Qurʼon kitobini yoqib yubordi. U bu ishni Daniya va Shvetsiyada amalga oshirgan.
Xuddi shunday aktsiya Rossiyaning Kopengagendagi elchixonasi konsullik boʻlimida ham boʻlib oʻtdi. Rossiya diplomatik missiyasi bunday harakatlarni qoraladi.
Avvalroq Federatsiya Kengashi spikeri tegishli qoʻmitalarga Qurʼonning Shvetsiyadan yoqib yuborilishini qoralovchi taklif tayyorlashni topshirgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday harakatlar kufr, jinoyat va milliy adovatni qoʻzgʻatishdir.
Yangiliklar lentasi
0