Dunyoda

Kiyevda Zelenskiyning tez orada isteʼfoga chiqishi haqida gapira boshlashdi

© © AP Photo / Andrew KravchenkoVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kuchmaning sobiq maslahatchisi Soskin, Bayden lavozimidan chetlatilganidan keyin Zelenskiy isteʼfoga chiqishini bashorat qildi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyda AQSH Demokratik partiyasi va Oq uy rahbari Jo Bayden pozitsiyalari sezilarli darajada zaiflashgani sababli isteʼfoga chiqish havfi mavjud. Bu haqda Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin maʼlum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Ekspertning fikricha, Amerika prezidentining ruhiy va jismoniy salomatligi kundan-kunga yomonlashmoqda. Bundan tashqari, uning oʻgʻli Xanter davlat rahbari va uning fraktsiyasi obroʻsiga putur yetkazuvchi korruptsiya mojarolari botqogʻiga botgan.
Uning qayd etishicha respublikachilar partiyasining norasmiy yetakchisi Donald Tramp, aksincha, asta-sekin obroʻga ega boʻlib, Bayden vakillarini Kongressdan siqib chiqarmoqda, bu esa AQShda boʻlib oʻtadigan saylovlarda hokimiyat tepasiga kelishga yoʻl ochmoqda.
Yanvar oyida Tramp Ukrainadagi mojaro boʻyicha oʻz pozitsiyasini eʼlon qildi: u Ukraina Qurolli kuchlariga qurol-yarogʻ yetkazib berilishiga qarshi chiqdi va Amerika rahbariyatining saʼy-harakatlarini Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatish uchun diplomatik maydonga jamlashni taklif qildi, deb esladi Soskin.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, bu respublikachilar saylovda muvaffaqiyat qozonsa, qoʻllab-quvvatlashdan mahrum boʻlishi mumkin boʻlgan hozirgi Ukraina rasmiylari uchun xavotirli alomatdir.
"Zelenskiy aslida tuzoqqa tushib qolgan. Va (Andrey. - tahr.) Yermak, u va butun guruh. Qopqon tashqi va ichki tomondan siqilmoqda. Zelenskiyga hech narsa yordam bermaydi”, dedi u.
Ekspert agar u oʻz ixtiyori bilan isteʼfoga chiqishga rozi boʻlmasa, Ukraina rahbariga nisbatan tez orada impichment jarayoni boshlanishi mumkinligiga ishonchi komilligini qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0