Dunyoda

JSST: Maymun chechagini yuqtirganlar soni oshishda davom etmoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19
Lecheniye bolnыx s COVID-19    - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
JSST: Dunyoda maymun chechagini yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Dunyoda maymun chechagini yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga tayanib Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, 2022 yil boshidan shu kungacha 110 ta mamlakatda yashovchi 85,5 ming kishida mpox (maymun chechagi) virusi qayd etildi. Ulardan 89 nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Tahlillarga koʻra, shu yil yanvar oyining birinchi yarmida 716 ta yangi kasallanish holati va 9 ta oʻlim koʻrsatkichi aniqlangan. 23-29 yanvar oraligʻida esa bemorlar soni 403 nafarga ortgan va bu undan avvalgi haftaga nisbatan 109 ta koʻp koʻrsatkichdir.
2022 yil boshidan eng koʻp bemorlar aniqlangan davlatlar:
AQSH — 29 891,
Braziliya — 10 739,
Ispaniya — 7 518,
Frantsiya — 4 128,
Kolumbiya — 4 066,
Meksika — 3 768,
Buyuk Britaniya — 3 735,
Peru — 3 723,
Germaniya — 3 692,
Kanada — 1 460 nafar.
Mazkur davrda 13 ta mamlakatda oʻsish dinamikasi kuzatilgan. Ular orasida Meksika yetakchilik qildi.
Yangiliklar lentasi
0