Dunyoda

Jerar Depardye Ukrainadagi voqealarga qaramay oʻzini rossiyalik deb bilishda davom etmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishAkter Jerar Depardye
Akter Jerar Depardye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jerar Deparde Ukrainadagi voqealar uning Rossiyaga boʻlgan munosabatini oʻzgartirmaganini aytdi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Rossiya fuqaroligiga ega boʻlgan frantsuz aktyori Jerar Depardye Ukrainadagi voqealar uning Rossiyaga boʻlgan munosabatini oʻzgartirmaganini aytdi.
"Men hali ham rusman. Men rus madaniyatini yaxshi koʻraman. Agar men biron bir mamlakatni yaxshi koʻrsam, unda har doim uning madaniyati uchun. Ammo men ushbu mavzu boʻyicha suhbatlardan qochishni afzal koʻraman, hech kim bu borada haqiqatan ham oqilona narsa deya olmaydi", deydi u Augsburger Allgemeine gazetasiga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, u "odamlar siyosat va aktyorlikni aralashtirishi umuman yoqmaydi", deya qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0