Iqtisod

Bugundan Oʻzbekistondagi “zapravka”larda Rossiya benzini sotuvga chiqarildi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
Zapravka benzinom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qoʻshimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekistondagi “zapravka”larda Rossiya benzini sotuvga chiqarildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” xabar berdi.
Oʻzbekneftgaz tasarrufidagi AYOQShlarda K5 ekologik sinfiga mos AI-80 rusumidagi import avtobenzini sotuvga chiqarildi.
Yanvar oyida Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 avtobenzinni import qilish boʻyicha kelishuvga erishilib, "TANEKO" zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 rusumdagi avtobenzini yuklab berilgan.
“AI-80 avtobenzinga boʻlayotgan talabning ortib borayotganligini hisobga olib, taqchillik, uzilishlar va AYOQShlardagi navbatlarning oldini olish maqsadida, 4 fevral kunidan boshlab Jamiyat tasarrufidagi AYOQShlar orqali import qilingan AI-80-K-5 rusumli avtobenzin sotuvga chiqarildi”, deyiladi xabarda.
Tovar-xomashyo birjasida AI-80-K-5 rusumli avtobenzinning boshlangʻich narxi bir tonnasi uchun 7 168,3 ming soʻm, “Oʻzbekneftgaz”ga qarashli AYOQShlarda isteʼmolchilarga sotiladigan yakuniy narxi bir litri uchun 6 000 soʻmni tashkil etmoqda.
Fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qoʻshimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda Rossiyaning “Gazprom” OAJ, “Tatneft” OAJ, “Orsknefteorgsíntez” OAJ kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna, tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan 5,0 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzini importi boʻyicha shartnomalar tuzilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0