https://oz.sputniknews.uz/20230204/bu-yil-mingga-yaqin-xorijlik-oqituvchilar-ozbekiston-tibbiyot-oligohlarida-dars-otadi---ssv--32001484.html
Bu yil mingga yaqin xorijlik o‘qituvchilar O‘zbekiston tibbiyot oligohlarida dars o‘tadi - SSV
Bu yil mingga yaqin xorijlik o‘qituvchilar O‘zbekiston tibbiyot oligohlarida dars o‘tadi - SSV
Sputnik O‘zbekiston
2023 yil 1500 nafar vrach xorijda o‘z malakasini oshirsa, 1000 nafar chet ellik mutaxassis o‘zbek talabalariga saboq beradi. 04.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-04T12:13+0500
2023-02-04T12:13+0500
2023-02-04T12:13+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
otm
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20201036_0:33:2886:1656_1920x0_80_0_0_ce2c13a22a682c9628a3d3fe6abe0a47.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston bu yil 1000 nafar chet ellik professor-o‘qituvchini tibbiy o‘quv jarayonlariga jalb etadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, 2023-yil 1500 nafar vrach xorijda o‘z malakasini oshirsa, 1000 nafar chet ellik mutaxassis o‘zbek talabalariga saboq beradi.Jumladan:Shuningdek, bu yil 7,5 ming nafar bitiruvchi hisobiga oilaviy shifokor vakansiyasini 90 foizga, tor mutaxassislar vakansiyasini esa 70 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari, tibbiyot institutlarda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv rejalariga “nano texnologiya”, “tibbiyot genetikasi”, “IT-texnologiyasi” kabi fanlar kiritiladi va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan xolda o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.Tibbiyotda yetakchi bo‘lgan xorijiy universitetlar darslik va ilmiy ishlari asosida o‘zbek tilida yangi avlod adabiyotlari yaratiladi.Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy qilinadi.“Uzluksiz kasbiy ta’lim akademiyasi” tashkil etish orqali, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi 11 ta institut, 23 ta ixtisoslashtirilgan markazlar, 26 ta ko‘ptarmoqli klinikalar va xususiy muassasalarda amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xorijdan 350 nafar professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb qilingan. Shuningdek, 800 nafar shifokor Germaniya, Koreya, Singapur, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Turkiya kabi chet davlatlarning nufuzli klinikalari va universitetlariga malaka oshirib qaytgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/17/20201036_45:0:2776:2048_1920x0_80_0_0_a603b540272144f99770c93a1c3b7035.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), otm, talabalar
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), otm, talabalar
Bu yil mingga yaqin xorijlik o‘qituvchilar O‘zbekiston tibbiyot oligohlarida dars o‘tadi - SSV
2023 yil 1500 nafar vrach xorijda o‘z malakasini oshirsa, 1000 nafar chet ellik mutaxassis o‘zbek talabalariga saboq beradi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston bu yil 1000 nafar chet ellik professor-o‘qituvchini tibbiy o‘quv jarayonlariga jalb etadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi
xabar berdi. Qayd etilishicha, 2023-yil 1500 nafar vrach xorijda o‘z malakasini oshirsa, 1000 nafar chet ellik mutaxassis o‘zbek talabalariga saboq beradi.
gematologiya va onkogematologiya bo‘yicha mutaxassislar, nefrolog, endokrinolog hamda kardiologlar Rossiyada;
kardioxirurglar, transplantologlar Saudiya Arabistoni va Turkiyada;
rahbar kadrlar esa Singapur va Turkiya davlatlarida malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, bu yil 7,5 ming nafar bitiruvchi hisobiga oilaviy shifokor vakansiyasini 90 foizga, tor mutaxassislar vakansiyasini esa 70 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tibbiyot institutlarda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv rejalariga “nano texnologiya”, “tibbiyot genetikasi”, “IT-texnologiyasi” kabi fanlar kiritiladi va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan xolda o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasalari hamda kollej va texnikumlarning o‘quv dasturlari AQSh, Koreya, Germaniya, Turkiya, Singapur va Rossiya standartlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Tibbiyotda yetakchi bo‘lgan xorijiy universitetlar darslik va ilmiy ishlari asosida o‘zbek tilida yangi avlod adabiyotlari yaratiladi.
Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy qilinadi.
“Uzluksiz kasbiy ta’lim akademiyasi” tashkil etish orqali, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi 11 ta institut, 23 ta ixtisoslashtirilgan markazlar, 26 ta ko‘ptarmoqli klinikalar va xususiy muassasalarda amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili xorijdan 350 nafar professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb qilingan. Shuningdek, 800 nafar shifokor Germaniya, Koreya, Singapur, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Turkiya kabi chet davlatlarning nufuzli klinikalari va universitetlariga malaka oshirib qaytgan.