Iqtisod

Assalomu alaykum. Yana bir navigator oʻzbek tilida gapirishni boshladi

CC0 / pixabay.com / Mobilnoye prilojeniye
Mobilnoye prilojeniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Navigatorda oʻzbek tilini yoqish uchun uning Sozlash boʻlimid Amaliya yoki Dilmurod ovozlarini tanlash kerak.
TOSHKENT, 3 fev – Sputnik. Rossiyaning 2GIS kompaniyasining navigatori oʻzbek tilida gapirishni boshladi.
2GIS navigatori ayol va erkak ovozida gapirishi mumkin. Bu shunchaki ovozlar emas, balkim “Oʻzbegim taronasi” radiostantsiyasining mashhur boshlovchilari Amaliya Mashari va Dilmurod Gʻulomovlarning koʻpchillikka tanish boʻlgan ovozlaridir.
Navigatorda oʻzbek tilini yoqish uchun uning “Nastroyka” (Sozlash) boʻlimiga kirib, “Golos” (Ovoz) qismida Amaliya yoki Dilmurod ovozlarini tanlash kerak.
2GIS – Rossiya kartografik kompaniyasi boʻlib u1999 yilda Novosibirsk shahrida paydo boʻlgan. Kompaniya Rossiyaning koʻplab shaharlari, Qozogʻiston, Italiya, Chexiya, Chili, BAA, Qirgʻiziston, Ukraina, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Kipr va Belarus shaharlari xaritalarini tuzgan. Bugungi kunda 2GIS foydalanuvchilari soni 55 mlndan ortiq boʻlib, kompaniya xizmatlari foydalanuvchilar uchun bepul. Kompaniya asosiy daromadni reklama orqali oladi.
Yangiliklar lentasi
0