Ashxoboddagi “Toshkent” bogʻida kontsert oʻtkazildi - foto
Tadbir Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlandi. Kontsertda turkman va oʻzbek qoʻshiqlari ijro etildi.
TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Kecha Ashxoboddagi “Daşkent” – “Toshkent” bogʻida kontsert oʻtkazildi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Tadbir Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlandi. Kontsertda turkman va oʻzbek qoʻshiqlari ijro etildi.
“Tadbir Turkmaniston va Oʻzbekiston xalqlarini birlashtirgan koʻp asrlik yaxshi qoʻshnichilik rishtalarining daxlsizligi ramziga aylandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktyabr oyida Ashxobodda "Toshkent" bogʻi ochilgan edi. Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Ashxoboddagi bogʻni tantanali ochib berishgan.
Bogʻni qurish uchun Turkmaniston byudjetidan 21 million 150 ming manat (6,43 million dollar) ajratildi. Taxminan 28,6 ming metrkvadrat maydonda yashil maydonlar, gulzorlar va yoʻlaklardan iborat landshaft barpo etildi. Oʻzbekiston poytaxtining diqqatga sazovor joylarining miniatyura nusxalari boʻlgan 20 dan ortiq obʼyektlar qad rostladi.
© Gosudarstvennoye informatsionnoye agentstvo Turkmenistana

1/7

2/7

3/7

4/7

5/7

6/7

7/7