Toshkentdan Novosibirskka yo‘lovchi poyezd qatnovi tiklandi - harakat jadvali
00:02 03.02.2023 (yangilandi: 11:17 03.02.2023)
© O‘zbekiston temir yo‘llari“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
© O‘zbekiston temir yo‘llari
Obuna bo‘lish
Poyezd tarkibi 11 ta vagon, shuningdek, 3 ta kupe, 7 ta plaskart va 1 ta restoran vagondan iborat.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkent va Novosibirsk o‘rtasida poyezd qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2-fevral kuni 369/370-sonli “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd o‘z harakatini boshladi.
“Ushbu yo‘nalish qatnovi 2020-yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi. Bugungi kunga kelib yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda yo‘nalish qaytadan tiklandi”, - deyiladi xabarda.
© O‘zbekiston temir yo‘llari“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
© O‘zbekiston temir yo‘llari
Poyezd tarkibi 11 ta vagon, shuningdek, 3 ta kupe, 7 ta plaskart va 1 ta restoran vagondan iborat.
© O‘zbekiston temir yo‘llari“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
© O‘zbekiston temir yo‘llari
“Toshkent-Novosibirsk” 369-sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali:
Fevral oyida 2, 10, 18, 26-kunlari;
Mart oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 31-kunlari;
Aprel oyida 4, 8, 12-kunlari;
May oyida 6, 14, 31-kunlari;
Iyun oyida 4, 12, 20, 28-kunlari;
Iyul oyida 6, 14, 22, 31-kunlari;
Avgust oyida 8, 16, 24-kunlari;
Sentabr oyida 2, 6, 26-kunlari;
Oktabr oyida 12, 24, 28-kunlari;
Noyabr oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30-kunlari;
Dekabr oyida 4-kuni.
“Novosibirsk-Toshkent” 370-sonli yo‘lovchi poyezdining harakat jadvali:
Fevral oyida 5, 13, 21-kunlari;
Mart oyida 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
Aprel oyida 3, 7, 11, 15-kunlari;
May oyida 9, 17-kunlari;
Iyun oyida 3, 7, 15, 23-kunlari;
Iyul oyida 1, 9, 17, 25-kunlari;
Avgust oyida 3, 11, 19, 27-kunlari;
Sentabr oyida 5, 9, 29-kunlari;
Oktabr oyida 15, 27, 31-kunlari;
Noyabr oyida 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
Dekabr oyida 3, 7-kunlari.
© O‘zbekiston temir yo‘llari“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
“Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida xalqaro poyezd
© O‘zbekiston temir yo‘llari
Ma’lumot uchun, poyezd Toshkentdan soat 16:05 da jo‘nab ketdi, Novosibirskka soat 04:58 da yetib boradi. Poyezd qariyb 2 kun 13 soat yo‘l yuradi. Plaskart vagondagi chipta narxi 1,7 million, kupedagi esa 2,6 million so‘mdan boshlanadi.
Novosibirskdan poyezd soat 10:42 da jo‘nab ketadi va soat 05:32 da Toshkentga yetib keladi.