Toshkentda ayrim "gaz-zapravkalar" faoliyati qayta tiklandi - manzillar

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishZapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto
Zapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Bugun poytaxtdagi 35 ta AGTKSh faoliyati qayta tiklandi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkentda 35 ta "gaz-zapravkalar" faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Poytaxtda faoliyat ko‘rsatuvchi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Unga ko‘ra, bugun poytaxtdagi 35 ta shoxobcha faoliyati qayta tiklandi. Ular faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib boriladi.
© “Hududgaz Poytaxt” AGTKSh ro‘yxati
AGTKSh ro‘yxati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
AGTKSh ro‘yxati
Qator shoxobchalar o‘z ishini soat 07:00 dan 17:00 ga qadar olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi ma’lum qilingan edi. AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0