Toshkent viloyatida Angren universiteti ochildi

© Toshkent viloyati hokimligiAngren universiteti
Angren universiteti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Universitetga 2 ming 500 nafarga yaqin talabalar qabul qilindi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkent viloyatida Angren universiteti ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Yangi universitet 8 ta ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Hozirgacha 4 ming 200 nafarga yaqin hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, test natijalariga ko‘ra, 2 ming 500 nafarga yaqin talabalar oliy ta’lim muassasasiga qabul qilindi.
© Toshkent viloyati hokimligiAngren universiteti
Angren universiteti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Angren universiteti
Mazkur oliygohda talabalar turar joyi, kutubxona, sportzal, axborot-resurs markazi mavjud.
Universitetda davolash ishi, maktabgacha va boshlang‘ich, pedagogika va psixologiya, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, moliya va moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiyot (tarmoqlar va soha bo‘yicha), xorij tillari va adabiyoti kabi yo‘nalishlarda o‘qitiladi.
Ayni paytda professor-o‘qituvchilar tarkibi yosh va iqtidorli xodimlar bilan shakllantirildi hamda 70 nafarga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
Keyingi o‘quv yiliga ta’lim yo‘nalishlari sonini ko‘paytirish va magistratura bosqichini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0