Samarqanddagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatiladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati xokimi "temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 2 mingta xonadoniga zamonaviy uskunalar o‘rnatish bo‘yicha qaror imzoladi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Samarqandagi xonadonlarga quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Samarqand viloyatida 2023-yilda yordamga muhtoj aholining uyiga kichik hajmdagi quyosh panellari o‘rnatiladi. Qayd etilishicha, ular "temir daftar"ga kiritilgan oilalarning 2 mingta xonadoniga qo‘yiladi.
Zamonaviy uskunalar eng ko‘p Urgut tumani (260) va Samarqand shahridagi oilalarga ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent viloyatidagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga ham quyosh panellari o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, Quyi Chirchiq, Bekobod, Bo‘ka tumanlaridagi "temir daftar"larga kiritilgan 100 nafar ehtiyojmand oila xonadoniga quyosh panellari o‘rnatiladi.
Yangiliklar lentasi
0