Podgotovka boytsov dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova na poligone v Zaporojskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Ugledarni yarim halqa ichiga oldi - Kimakovskiy

© Press-slujba Minoboronы RF / Mediabankka oʻtishProdvijeniye kolonn rossiyskoy armii na osvobojdyonnыx territoriyax Xarkovskoy oblasti
Prodvijeniye kolonn rossiyskoy armii na osvobojdyonnыx territoriyax Xarkovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qayd etilishicha, shaharni qoʻlga olish Artyomovskdagi kabi sxema boʻyicha davom etmoqda.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya harbiylari Ugledarni yarim halqa ichiga oldi, shaharni ozod qilish Artyomovsk bilan oʻxshash tarzda davom etmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilinning maslahatchisi Igor Kimakovskiy maʼlum qildi.
“Ugledarda shaharni asta-sekin halqa ichiga olish ketmoqda. U allaqachon sharq va janubi-sharqdan yarim halqa ichida joylashgan. Shaharni qoʻlga olish Artyomovskdagi kabi sxema boʻyicha davom etmoqda”, - dedi u.
Kimakovskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari shaharga qoʻshimcha kuchlar va oʻq-dorilarni olib kelishda qiynalmoqda, chunki rossiyalik harbiylar Krasnoarmeyskdan Ugledargacha boʻlgan yoʻlni olovli nazoratga olgan.
DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin avvalroq rus harbiylari Ugledarning sharqiy qismida oldinga siljiyotganini maʼlum qilgan. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari shaharda mustahkam oʻrnashib olgan va hozircha chekinish niyatida emas.
Rossiya qoʻshinlari Artyomovskni operativ qurshovga olishdi
Rossiya 2022 yil 24 fevralidan beri Ukrainada maxsus harbiy maxsus operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Putinning soʻzlariga koʻra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0