Podgotovka boytsov dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova na poligone v Zaporojskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Aerokosmik kuchlari Ukrainaning MiG-29 samolyotini yoʻq qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishSamolet-zapravщik Il-78 i mnogotselevыe istrebiteli MiG-29 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve
Samolet-zapravщik Il-78 i mnogotselevыe istrebiteli MiG-29 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada DXR, LXR, Xarkov va Xerson viloyatlarida Ukrainaning 7 ta dronini urib tushirgan.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi aviatsiyasi Xerson viloyatida Ukrainaning MiG-29 samolyotini yoʻq qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi aviatsiyasi Xerson viloyati Chervonoarmeyskoye aholi punkti yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada DXR, LXR, Xarkov va Xerson viloyatlarida Ukrainaning 7 ta dronini urib tushirgan.
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri 382 ta Ukraina harbiy samolyoti, 206 ta vertolyot, 3008 ta dron, 403 ta zenit-raketa tizimlari, 7723 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar va boshqalar yoʻq qilingan.
Rossiya 24 fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Putinning soʻzlariga koʻra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning oʻzi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0