Podgotovka boytsov dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova na poligone v Zaporojskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 3 fevralning asosiy voqealari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka oʻtishVoyennoslujaщiy VS RF sovershayet vыstrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa "Igla" po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO.
Voyennoslujaщiy VS RF sovershayet vыstrel iz perenosnogo zenitnogo raketnogo kompleksa Igla po pozitsiyam VSU v yujnom sektore SVO. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanmalar guruhlari hamda harbiy texnikasini yoʻq qilishda davom etmoqda.
TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupyansk yoʻnalishida Xarkov viloyati Tabayevka, Berestovoye va LXRning Novoselovskoye aholi punktlari hududida UQKning 103-hududiy mudofaa brigadasi va 92-mexanizatsiyalashgan brigadasi boʻlinmalari askarlari va texnikasiniga artilleriya va aviatsiya zarbalari berildi. Natijada 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina va AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yoʻq qilindi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Blagodatovka tumanida UQKning artilleriya oʻq-dori ombori yoʻq qilindi.
Krasno-Limansk yoʻnalishida LXRning Nevskoye, DXRning Yampolovka aholi punktlari, shuningdek Serebryanskiy oʻrmon xoʻjaligi hududida UQKning 66-mexanizatsiyalashgan, 25-havo-desant va 80-havo-desant brigadalari "Markaz" qoʻshinlari guruhining artilleriya oʻqlari va hujumkor harakatlari natijasida 70 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, piyoda askarlarning jangovar mashinasi, D-20 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan M-777 artilleriya tizimi yoʻq qilindi.
Bundan tashqari, DXRning Krasniy Liman aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining oʻq-dorilar ombori yoʻq qilindi.
Donetsk yoʻnalishida "Janubiy" qoʻshinlar guruhining boʻlinmalari hujum natijasida yanada qulay pozitsiyalarni egalladi. Kun davomida bu yoʻnalishda 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, MSTA-B gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 batareyaga qarshi radari yoʻq qilindi.
DXRning Krasnoarmeysk aholi punkti yaqinida UQKning harbiy texnikasi saqlanadigan yoqilgʻi ombori yoʻq qilindi. Bundan tashqari, DXRning Kuraxovka va Mixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita oʻq-dori ombori yoʻq qilindi.
Zaporojye yoʻnalishida "Markaz" qoʻshinlari guruhi artilleriya va hujumkor harakatlar natijasida Zaporoje viloyatining Levadne, Marfopol va Lugovskoye aholi punktlari hududlarida 108 va 110-hududiy mudofaa brigadalari boʻlinmalarini magʻlub etdi. Dushmanning ushbu hududdagi yoʻqotishlari kuniga 20 dan ortiq harbiy xizmatchi, AQShda ishlab chiqarilgan M-777 artilleriya tizimi, ikkita D-20 gaubitsasi va D-30 gaubitsani tashkil etdi.
Xerson yoʻnalishida, artilleriyaga qarshi jangda, kun davomida quyidagilar yoʻq qilindi: "Akatsiya" oʻziyurar gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" oʻziyurar artilleriya moslamasi. Xerson viloyatining Antonovka aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS koʻp raketa tizimi yoʻq qilindi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Kazatskoye, Nikolayevka va Mixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining oʻq-dorilari saqlanadigan uchta omborga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 103 hududda UQKning 86 ta artilleriya boʻlinmalarini oʻq otish pozitsiyalarida, shaxsiy tarkibi va texnikaci bilan magʻlub etdi.
DXRning Krasnoarmeysk aholi punkti hududida "Tochka-U" taktik raketa tashuvchisi va Norvegiyada ishlab chiqarilgan NASAMS zenit-raketa majmuasi yoʻq qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Xerson viloyati Chervonoarmeiskoye qishlogʻi yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Kun davomida havo hujumidan mudofaa tizimlari Xarkov viloyatining Kotlyarovka, DXRning Nikolskoye, Kirillovka, LXRning Kuzemovka, Kremennaya, shuningdek, Xerson viloyati Golaya Pristan aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 7ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina yoʻqotishlari jami 382 ta samolyot, 206 ta vertolyot, 3008 ta uchuvchisiz apparat, 403 ta zenit-raketa tizimi, 7723 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1004 ta koʻp martalik jangovar mashinalar raketa tizimlari, 3988 ta dala artilleriya va minomyotlari, shuningdek, 8255 dona maxsus harbiy mashinalarni tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0