Marat Kasem: butun hayotim – tasodiflar ketma-ketligi

© Sputnik / DMITRY DUBINSKYShef-redaktor Sputnik Litva Marat Kasem, arxivnoe foto
Shef-redaktor Sputnik Litva Marat Kasem, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Latviya maxsus xizmati qo‘lgan olgan Sputnik Litva bosh muharriri Marat Kasem bilan katta intervyu.
Roppa-rosa bir oy oldin Latviya maxsus xizmati Sputnik Litva bosh muharriri Marat Kasemni qo‘lga olgandi. Uni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzishda ayblab, Riga qamoqxonasiga yuborishdi. “Rossiya segodnya” rahbariyati bu Maratning jurnalist sifatida o‘z xizmat vazifasini bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan siyosiy ish ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Biz barcha mavjud yo‘llar bilan uni ozod qilinishiga erishish uchun harakatlarni davom ettirmoqdamiz.
Marat qamoqda bo‘lgan paytda unga sizning qo‘llovingiz har qachongidan ham zarur.
Biz u bir necha oy ilgari “Rossiya segodnya” mediaguruhining korporativ nashriga bergan katta intervyusini chop qilishga qaror qildik. Jurnalist unda o‘z bolaligi, oilasi, qiziqishlari, kasbi sari qo‘ygan uzoq yo‘li hamda taqdirning tasodifiy roli xususida batafsil hikoya qilib berdi.
Marat Kasem ozod qilinsin!

Moskva hayotimda tug‘ilmasimdan to‘qqiz oy oldin paydo bo‘ldi

- Mening butun umrim – tasodiflar ketma-ketligi. Men, aytish mumkinki, tasodifan dunyoga keldim. Bu ota-onamning romantik hikoyasi.
Otam – Yamandan bo‘lgan arab. U dengizchi va 80-yillarning oxirida o‘n oy sovet Rigasidagi harbiy bazada o‘zaro almashish dasturi yuzasidan xizmat qilgan. Kunlardan bir kuni u raqsda onam bilan tanishib qolgan. Shu tariqa ularning munosabatlari boshlangan.
Otamning ketish vaqti keladi, va onam uni kuzatib qo‘yish uchun Moskvaga uchadi, chunki Rigadan Sanaga, Yaman poytaxtiga reyslar yo‘q edi. Reysni kutish paytida, “Orexovo” metrosidan uzoq bo‘lmagan xizmat mehmonxonasida ular yolg‘iz qolishgan va men “rejada” paydo bo‘lganman.
Tug‘ilganimdan keyin onam otamga bu voqea haqida uning qishlog‘iga xat yozgan. Biroq Yamanda urush ketayotgandi, otam harbiy edi va jangovar harakatlarda qatnashgan, uning qishlog‘iga esa o‘t qo‘yib yuborishgan. Natijada biz u bilan hech qanday yo‘l bilan bog‘lana olmadik. Bir kuni u kutilmaganda qo‘ng‘iroq qildi, uning o‘g‘li borligini bildi – shunda yana aloqa uzilib qoldi.
Oradan o‘n yil o‘tib otamning qishlog‘ini qayta tiklashdi, va bir kuni u qandaydir hujjatlarni olib uchun yerga keladi. Masjidda – kichik qishloqlarda u ham pasport stoli, ham ma’muriyat, ham pochta – unga Latviyadan kelgan bir dasta maktubni berishadi. Ularda telefon raqamimiz bor edi, va u qo‘ng‘iroq qildi.
Men go‘shakni oldim va aksent bilan ruscha aytilgan quyidagi gaplarni eshitdim: “Bu seni otang, salom! Telefonni onangga ber, men u bilan gaplashish va hammasini tushuntirishni juda xohlayman”. Men javob qaytardim: “Bunday imkoniyat yo‘q: u vafot etdi”. U o‘n daqiqalarcha go‘shakda yig‘ladi.
Men 11 yoshga to‘lganimda, onam dardi bedavo kasallikdan vafot etdi. U to‘qimachilik kombinatida ishlardi. Dastgoh, 12 soatdan ziyod smena – organizm bardosh berolmadi... U yaxshi ta’lim olgandi: u Riga politexnika institutining iqtisodchi yo‘nalishini bitirgan. Biroq Sovet Ittifoqi parchalandi, u fuqaro emas pasportini oldi va latish tilini yaxshi bilmasdi, shu bois to‘qimachilik zavodida mehnat qildi.

Ismining muhimligi haqida

- Men tug‘ilmasimdanoq yaqinlarim menga qanday ism berish borasida bosh qotirishgan, avvaliga bobomning familiyasi – Koltakovni berishni istashgan, ismimni Yevdokim qo‘yishmoqchi bo‘lishgan. Menga qarang: Yevdokim Koltakovga o‘xshaymanmi?
Biroq natijada meni Marat deb atashdi. Bilasizmi nima uchun? Buvim haqiqiy kommunist edi. Unga revolyutsioner yoqardi, unga Jan-Pol Marat yoqardi. U menga Marat deb ism qo‘yishlarida turib olgan.
19 yoshgacha men Silkin bo‘lganman – bu onamning birinchi erining familiyasi. Maktabni Silkins Marats sifatida bitirganman – Latviyada ko‘pchilik meni shu nom bilan bilishadi. Otam meni o‘z o‘g‘li deb rasman tan olgandan keyin Kasem bo‘ldim. Tan olaman, bu familiya haqida orzu qilardim. Pasportda Silkin bo‘lgan paytlarimda ham hatto Kasem imzosini chekardim. Bezorilik, ha. Biroq bu o‘ziga xos norozilik edi.
Darvoqe, endi men ismni ruscha usulda, “s” qo‘shimchasisiz yozaman. Men birinchi Rossiya vizasini olgan paytimda, arizada yozgandim: “Meni “s” harfisiz ko‘rsatishingizni iltimos qilaman, chunki men o‘zimni rus deb hisoblayman”. Menga bu imkonni berishdi.

Men ota-onamni birga hech qachon ko‘rmaganman

- 16 yoshligimda otam bilan ilk bor uchrashganman. U meni mehmonga taklif qildi, lekin Yamanga emas (u yerda yana urush ketardi), balki Dubayga. Men bu safarga Rigadan yolg‘iz o‘zim chiqdim. U yerda otamni bir necha kun kutdim, uning kemasida esa bir necha kun ilgari favqulodda hodisa ro‘y bergan ekan, shu bois u sohilga chiqa olmagan. Uchinchi kuni u keldi.
Bu lahzani juda yaxshi eslayman. Eshik taqilladi, men eshik teshikchasidan qaradim – otam turardi. Shu payt meni vahima hissi chulg‘ab oldi, chunki hozir eshik ortidan, haqiqatdan, yangi hayot boshlanadi. Ha, bu odam seni yaratishda qatnashgan shaxs, lekin sen uni umuman bilmaysan, sen uni hayotda hech qachon ko‘rmagansan. Suratlar bor edi, biroq uni men hatto g‘ayrishuuriy tarzda his qilmagandim.
Darhol emas, biroq ochikni katta qilib ochdim, biz quchoqlashdik. Otam yig‘lardi, men esa shokda edim, shokda bo‘lgan paytimda men hech qachon yig‘lamayman va hech qanday hissiyot bilan javob qaytara olmayman. Men Latviyada tarbiya topganman, xulq-atvorim shimolliklarga xos.
Biz u bilan suhbatlashdik, u darhol menga otadan ko‘ra ko‘proq do‘stim bo‘lishini istashini aytdi. Haqiqatdan, munosabatlarimiz do‘stlarcha bo‘ldi. Biz u bilan har qanday narsani muhokama qilishimish mumkin.
Men hech qachon ota-onamni birga ko‘rishga muyassar bo‘lmaganman, faqat suratda. Hayotimning bir qismida onamni, ikkinchi qismida, hozir aytish mumkinki, otamni ko‘rdim.

Kasb sari uzoq yo‘l, siyosatshunos, port dispetcheri va qishloq iqtisodchisi

- 2009-yilda otam Latviyaga keldi, bu voqea hayotimga katta ta’sir o‘tkazdi. Ijobiy deb aytolmayman...
Maktabdan so‘ng Latviya universitetining siyosatshunoslik fakultetiga budjet asosida o‘qishga kirdim, birinchi kursni tugatganimda Rigaga otam keldi. Eski xotiralarni qumsab, u o‘zi xizmat qilgan joyga borishni istadi. U yerda harbiy baza emas, balki dengiz akademiyasi turardi. Otam u yoq, bu yoqqa yurib, menga qaradi va dedi: “Kel, shu yerda o‘qiysan. Siyosatshunoslik erkak uchun kasb emas”.
Men otamning ta’siriga berildim va rozi bo‘ldim. Buvim va bobom tarbiyasini olganim uchun qobil bola edim. Otam esa, o‘z navbatida, o‘qishimning pulini to‘lashga rozi bo‘ldi.
Latviya universitetidan ketib, yana birinchi kursga topshirishga to‘g‘ri keldi. Dengiz akademiyasida port dispetcherligiga, chunki men uzoq dengiz safarlariga chiqishni istamasdim. Menga Marats Kasems deb yozilgan dengiz libosini tikib berishdi va mening kursantlik davrim boshlandi.
Yarim yil harbiy maydonda mashq qildim, latish tilida dengiz intizomlarini o‘rgandim. Biroq ikkinchi semestr uchun otam pul to‘lamadi, telefon qo‘ng‘iroqlariga esa javob bermasdi. Buvim bilan bobomning buncha katta puli yo‘q edi. O‘zim ishlab pul topishga urinib ko‘rdim – lekin bu juda katta summa edi. Bu bilan akademiyadagi o‘qishimga nuqta qo‘yildi.
Endi nima qilsam bo‘ladi deb o‘ylab boshladim. Sinfdoshlarim allaqachon ikki kursni bitirib bo‘lishgandi, men esa loaqal birinchi kursni bitirmaganman. Menda to‘laqonli emassan degan fikrlar tug‘ila boshladi... Bilasizmi, men 3 yoshligimdanoq yozish va o‘qishni boshlaganman. 4 yoshimda kitobxonaga yozilganman (rosti, bobomning familiyasi bilan, chunki menga o‘qish biletini berishmasdi), 5 yoshimda meni maktabga berishmoqchi bo‘lishgan, lekin olishmagan. 6 yoshimda borganman.
Yana biror joyga o‘qishga kirish kerak edi, biroq faqat budjet asosida: pensionerlar uyida pul yo‘q edi, otam yo‘qolib qoldi. Men majburan Yevlaga qishloq xo‘jaligi universitetining iqtisodiyot fakultetini tanladim. Meni darhol qabul qilishdi, stipendiya yozishdi, o‘sha paytlar 150 dollar stipendiya yaxshi pul edi. Yana birinchi kursdan o‘qishni boshladim, Har kuni Salaspildan Yelvaga bir tomonga bir yarim soat, boshqa tomonga yana bir yarim soat borib kelardim. Bu Moskva o‘lchami bilan hech gap emas, Latviyada esa – juda uzoq masofa. Hech qisi yo‘q, yosh edim.
U yerda hammasi bir maromda edi, oddiy, qishloqdan kelgan bolalar o‘qishardi, Latviya universitetida bo‘lgani kabi pafoslar, dengiz akademiyasidagi “kuchi borning mushti zo‘r” degan gaplar yo‘q edi. Biroq judaaa zerikarli edi.
Bir kuni qishloq xo‘jaligi ishi darsida o‘tirib, go‘ngning qaysi turi qaysi tuproq uchun foydaligi haqida ma’ruza eshitardim. O‘qituvchi hididan qaysi go‘ng tuproqning turi uchun yaxshi bo‘lishini bila olishligini aytib maqtanardi. Birdaniga men agar bu bilan butun umr shug‘ullanishimga to‘g‘ri kelsa, dahshat bo‘lishini tobora aniqroq anglay boshladim. Ko‘nglim g‘am-hasratga to‘lib ketdi. Ketishga va o‘qishda tanaffus olishga qaror qildim, biror yil ishlab, keyin bir gap bo‘lishini o‘yladim.

To‘rtinchi birinchi kurs

- O‘sha yilning yozida buvim gazetada “Latviyaning rus jamiyati” orqali Rossiyada o‘qish uchun abituriyentlar qabul qilinayotgani haqidagi e’lonni ko‘rib qoladi va menga qatnashishni taklif qildi. Hujjat qabul qilish yakunlanishiga bir kun qolgandi, lekin men baribir Rigadagi Rossiya elchixonasiga bordim. Hammasi o‘ylaganimday oson emas ekan. Bir qator hujjatni rus tilidagi tarjimasi bilan olib kelish kerak edi. Bariga ertaga kunning oxirigacha ulgurish kerak!
Lekin men qaysar bolaman. Qandaydir bir mo‘’jiza bilan hujjatlarni to‘play, notariusdan menga tarjima va tasdiqlashni bir necha soat ichida qilib berishga ko‘ndira oldim. Ertasi kuni yana Rigaga yo‘l oldim.
Avgust oyida menga elchixonadan qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) siyosiy tahlil va boshqaruv kafedrasiga budjet asosida o‘qishga kirganim bilan tabriklashdi. Shunday qilib, 21 yoshimda men yana to‘rtinchi marta birinchi kursga qadam qo‘ydim.
Men birinchi semestrni yaxshi tugatdim, chunki Latviya universitetidagi yagona yil juda yaxshi poydevor bo‘lgan ekan. Birinchi yanvar sessiyasidan so‘ng buvim vafot etdi... Otam olisda – ba’zida gaplashib turadi va yordamchi emas. Bakalavriat, magistratura va aspiranturada o‘qigan 9-yilim davomida o‘zimni o‘zim ta’minladim, chunki universitetdagi o‘qish bilan bir qatorda ishlardim ham.

Urush va retsidivistlar uchun tarjimon

- 2013-yilda gumanitar missiyaning volontori sifatida Suriyaga borishni taklif qilishdi. Va men bordim. Yo‘q, qo‘rqinchli emasdi. Ha, portlashlar bo‘lgandi...
O‘qish bilan bir qatorda tarjimalar burosida bir necha yil ishladim. Tergov va sud majlislari vaqtida mahkumlar va retsidivistlar uchun og‘zaki tarjima qilib berardim. Qonunga ko‘ra Latviya fuqarolariga sud va so‘roq paytida tarjimon berishlari kerak, bo‘lmasa ular sud hukmi ustidan shikoyat keltirishlari mumkin edi.

Tez munosabat bildirishning foydasi haqida

- Magistraturada o‘qiyman, Rojdestvo ta’tili payti. Berlinda hind do‘stlarim bilan kabob yeb o‘tirardim. Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar tasmanini ko‘zdan kechirardim, u yerda “Moskvadagi latishlar” guruhi bor. Bekorchi gaplarni yozishardi: kim Rigaga ketapti, kimning joyi bor, shokolad olib keling. Va birdan u yerda: “Moskva multimedia loyihasiga latish tilini biladigan kishi kerak” degan post chiqib qoldi. O‘yladim: qiziq, nimaga ularga Moskvada latish tilini biladigan odam kerak ekan?
Kechqurun yozdim va javob oldim – ertadan keyin suhbatga keling. Ertadan keyin Moskvada bo‘lolmayman, chunki men hozir Berlindaman deya javob berdim. Yo‘q, deyishdi. Kelsangiz ertadan keyin keling yoki umuman kelmasligingiz mumkin. Ko‘p o‘ylamay, Moskvaga otlandim. Berlindagi ta’tilimni bir haftaga qisqartirdim.
Suhbatda bir paytlar Rigada jurnalistika bilan shug‘ullanganimni aytdim: “Pik” radiosida boshlovchi bo‘lganman, Latviyaning “Focus” portali va boshqa nashrlari uchun matn yozganman. Bu men qiziqqan narsa edi. Meni produser vazifasiga ishga olishdi. Bir oy o‘tib boshlovchi bo‘ldim. Bu o‘z-o‘zidan ro‘y berdi. Fors-major holati yuzaga kelib, zudlik bilan efirda bir kishini o‘rnida chiqish kerak edi.
Besh yil ilgari esa menga Sputnik Litva nashriga rahbarlik qilishni taklif qilishdi. Lekin efirdagi ishimni davom ettiraverdim, bu uchun o‘z rahbariyatimdan minnatdorman. Ular menga o‘z qobiliyatlarimni namoyish uchun hamisha imkoniyat berib kelishgan.

Efirdagi his-tuyg‘ular

- Har qanday efirdagi ish – bu, shubhasiz, men hayotda his etgan eng katta huzur-halovat. Til bilan ta’riflab bo‘lmaydigan his-tuyg‘ular, men u yerda bo‘lish uchun bor bisotimni berishim mumkin bo‘lgan nirvana. Bu yerda men “ijodiy korrupsioner”, chunki xizmat mavqeyimdan ijodiy lazzat uchun foydalanaman.
***
- Marat, siz haqingizda ko‘proq bilishni istardik. Shu bois, keling, “savol-javob” shakliga qaytamiz. Sizning holatingizda birinchi bo‘lib beriladigan savol... Tomiringizda, rus, yahudiy va arab qoni oqmoqda. Siz o‘zingizni kim deb his qilasiz, qaysi millatga mansub deb bilasiz?
- Juda yaxshi savol... Men, ehtimol, dunyo fuqarosi. Qandaydir kosmopolitizm haqida emas, balki o‘zimning shaxsiy hislarim haqida gapirapman.
Vatanim – bu Latviya, yuz foiz. “Tug‘ilmoq” so‘zidan - men u yerda tug‘ilganman-ku. Lekin “Diyor”, yoki “Yurt” degan tushunchalar ham bor. Mening Diyorim – bu Rossiya. U menga ko‘p narsa berdi, men bu yerda eng yaxshi do‘stlarni uchratdim. Bu yerda mening eng yorqin romantik hissiyotlarim bo‘lgan. Sevimli ishim bu yerda. Hayotimda ro‘y berayotgan eng yaxshi narsalarning bari shu yerda.
Millat haqida gapiradigan bo‘lsak – garchi Latviya fuqarosi bo‘lsamda, men latish emasman. Hislarimga qarab bir ovozda rusman deb aytolmayman, garchi rus tilida tush ko‘rsamda. Menda bu qonning yarmi oqayotgan bo‘lsada, o‘zimni arab deb his qilmayman. Qanaqa arabman? Men bu madaniyatda ulg‘aymadim, ular tilini bilmayman, diniy e’tiqodim boshqa.
Bu savolga qanday javob berishni bilmayman. Chunki o‘zimni dunyoda hozir mavjud bo‘lgan biror bu millatdan biri deb his etmayman. Balki, biror vaqt yarim millatlik paydo bo‘lar? O‘shanda men o‘zimni ulardan biriga mansub deb bilishim mumkin. Bu, ehtimol, men umrimning oxirigacha javob beradigan savol.
- O‘z yoshingizda siz ko‘p narsalarga erishdingiz. Hayotingizda tartiblilik va maqsad qo‘yishlik bormi?
- Yo‘q, men yalqovman. Mening hech qanday maqsadim yo‘q, faqat orzular bor. Va ular hech qachon moddiy masalalarga bog‘liq bo‘lmagan. Masalan, men butun mamlakat har chorshanba soat sakkizda turib, Sputnik radiosini yoqib, bizning dasturlarimizni tinglashini xohlayman. Sputnik Litva saytini kuniga Litvaning 90 foiz aholisi o‘qishini, telegram kanalda esa bir million obunachi bo‘lishini istayman. Mana shunaqa orzular bor. O‘z mahsuloting muvaffaqiyati haqida orzular.
Gohida hayotimda ikkiga ayrilish nuqtalari paydo bo‘ladi, ish rejimini o‘rnatgan smenalar, undan keyin taqdiring qay tomon qarab ketishi noma’lum yo‘l. Shunday paytlar men oliy kuchlarga deymanki: “Ey Xudo, senga o‘z taqdirimni ishonaman, senga o‘z karyeramni ishonaman. Sendan biror bir narsa so‘ramayman, balki senga uni senga ishonaman”. Buni chin dildan, samimiy aytish kerak. Va bari qandaydir hal bo‘lib ketadi...
- Siz ikki marta siyosatshunoslikka o‘qishga kirganmiz. Bu tasodifmi yoki ongli ravishda qilingan tanlov?
- Birinchi marta ham, ikkinchi marta ham bu ongli ravishda tanlangan edi. Meni buvim bilan bobom ulg‘aytirishdi, ertalabdan kechgacha televizorda yangiliklar dasturlari ketardi. Hamma bolalar multik tomosha qilsa, men esa “Vesti” yoki “Novosti na ORT”ni ko‘rardim.
Mana shunday misol: 1999-yil, to‘qqiz yoshdaman, to‘rtinchi sinfni tugatapman. Kim sinfda Primakovning “Atlantika ustidan qayrilishi” va bu nimaga bog‘liqligini hammaga tushuntirib, hikoya qilib bera olardi. Men esa tushuntirib, hikoya qilib bera olardim.
- Yoshligingizda kim bo‘lishni istagansiz? Siyosatshunos yoki jurnalist bo‘lmaganingizda, qayerda ishlagan bo‘lardingiz?
- Aniq va tez javob beraman: Riga — Salaspils 6317-avtobus haydovchisi. Men bolaligimda kichkina Salaspilsdan poytaxtga odamlarni ishga tashishdigan aynan mana shu yo‘nalishda yurishni istardim. Keyin esa ular horib, ishdan uyga qaytishadi. Sen esa ularni yana uyiga eltib qo‘yasan. Ularga qandaydir chipta, talonchalar berasan. Yoshligimda mashina rulini o‘ynardim va haydovchi bo‘lishni orzu qilardim, biroq bu amalga oshmadi. Haligacha mashina haydash uchun guvohnomam yo‘q, shunga avtobus haydashga hech kim yo‘l qo‘ymaydi. (Mayuslanadi). Shunga jurnalist bo‘lib ishlashga to‘g‘ri keladi...
Agar boyib ketsam, o‘ziga avtobus sotib olaman. Keyin odamlarni Rigadan Salaspilsdan bepul tashiyman. Chiptalarni shunchaki imzom bilan tarqataman. Mana shunday bo‘ladi.
Ikki raqobatchi: musiqa va siyosatshunoslik
- Siyosatshunosga yana ayrim muayan sifatlar asqatadi. Masalan, xotirani ishlab chiqish. Bunga mening musiqada olgan ta’limim yordam berdi. Men musiqa maktabining fortepiano sinfini tugatganman, bir paytlar menga musiqiy karyerani bashorat qilishgan: kollej, keyin musiqiy akademiya. Biroq men musiqaga siyosatshunoslik bilan xiyonat qildim. (Jilmayadi).
- Siz biror narsa chalib turasizmi, uyingizda musiqiy asbob bormi?
- Latviyada pianinom bor, uni vaqti-vaqti bilan restavratsiya qilib turaman, uyga borgan paytim chalib turaman. Moskvada esa kam chalaman. Biror bir vaziyatda chalishim mumkin. Masalan, yirik savdo markazlarida do‘stlarim iltimosi bilan u yerga xarid uchun kelgan paytimizda. Bilasizmi, ba’zida ularning lobbisida xohlovchilar uchun sintezatorlar turadi. Asosan klassik kuylarni ijro etaman.
- Musiqiy ishtiyoqingiz?
- Klassik kuy – eng sevimlim. Menga simfonik orkestrlar juda yoqadi, ularni soatlab tinglashim mumkin. Ishga borayotganimda yoki qaytayotganimda biror konsertni tinglab boraman.
Keyin 80-90 yillar retrosini yaxshi ko‘raman – ham sovet, ham chet el qo‘shiqlari. Mahalliy yarim shanson ham shular jumlasidan.
- Kitob o‘qiysizmi?
- Ba’zida – hamisha ham buning uddasidan chiqib bo‘lmaydi. Tarixiy adabiyot, avtobiografiya, xotiralarni yaxshi ko‘raman. Faqat qog‘oz shaklidagisini. Meni zamondan ortda qolgan deb atashingiz mumkin, lekin men kitob bilan to‘liq lazzat olish uchun taktil muloqot o‘rnatish zarur deb hisoblayman. Bu bir qiz bilan tanishish kabi: sen u bilan internetda gaplashishing mumkin, uchrashuv tayinlab uchrasha olasanmi? Farqini tushunyapsizmi?
- Hayotingizdagi yana bir muhim ish – futbol. Siz nafaqat “Lokomotiv”ning faol muxlisi, balki Moskvadagi vatandoshlaringiz jamoasi murabbiyi ham.
- Bolaligimda futbol ikkinchi televizordagi janr edi, men to‘rt yoshdan beri ko‘rib kelgan siyosatdan tashqari. Lekin avval boshida menga futbol bilan shug‘ullanishga ruxsat berishmadi: “Barmoqlar... Xudo ko‘rsatmasin, ularga biror narsa bo‘lib qolsa, hech qachon, bu taqiqlanadi”. Shunga men hovlida bolalar bilan yashirincha o‘ynashimga to‘g‘ri kelardi. Musiqiy maktabni tugatganimdan keyin bu mening katta xobbim bo‘lib qoldi.
Latviyada S toifadagi murabbiylik litsenziyasini olganman va u menga 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni mashq qildirishga imkon beradi.
Men Moskvada Latviyadan bo‘lgan talabalarni to‘pladim va Havaskor futbol ligasida sakkiz yil o‘ynagan “Turayda” jamoasini tashkil etdik. Lekin asosiysi – men professional arbitr va respublikaning bu sport turi bo‘yicha eng yosh hakami edim. Ko‘chib o‘tishimga qadar mini-futbol bo‘yicha mamlakat oliy ligasida va katta futbolning birinchi ligasida ishlaganman.

Muhabbat va oila haqida

- O‘gay aka-uka, opa-singillaringiz bormi?
- Otamning jami 13 farzandi bor. Men to‘ng‘ichi – yana 12 ta. Oila mavzusini davom ettirayotib, men uchun muhim bo‘lgan bir narsani aytmoqchiman. Mana siz yaqin insonlar haqida gapirapsiz, mening esa, ha, yaqinlarim yo‘q, oilam yo‘q deb javob bergim kelyapti. Lekin hozir men vaqtimning katta qismini agentlikda o‘tkazaman – unda men uchun yaqinroq kishi kim? Amalda bu mening oilam. Menda boshqa yo‘q. Va men bu yerga hamisha qaytim keladi. Uyga, Latviyaga ketgan paytimda darrov qumsay boshlayman – tezroq qaytsam deyman.
- Siz xushchaqchaq va yoqimli kishisiz. Yaxshi hazil qilishni bilasiz. Bu kasbingizda yordam beradimi?
- Yordam beradi, chunki hazil – bu fikr tezligi va o‘tkirligi. Eng muhimi, bu jurnalistda bo‘lishi shart. Efir chog‘ida bir zumda mavzuni almashtirish, nimanidir so‘rash. Hatto jiddiy vaziyatlarga gohida hazil bilan ko‘taringi ruh kiritish mumkin, omma buni yaxshiroq tushunishi uchun.
Matnlarda ham, albatta. Odam hazil bilan yozgan matn juda oson o‘qiladi. Afsuski, so‘nggi paytlarda buni uchratish qiyin.
Hazillashish hissi, hoynahoy, menga meros bo‘lib o‘tgan. Bobom ham shunaqa edi.
- Pensiyada nima bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz?
- Bir sirni ochaman: men allaqachon pensiyadaman. Latviya qonunlariga ko‘ra men 16 yoshimdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olaman. Shu bois men – ishlovchi pensioner. Biroq Latviyada pensiya katta emas, uning bir o‘ziga yashab bo‘lmaydi. Shunga qo‘shimcha pul ishlashga majburman. (Kuladi).
Pensioner sifatida men istagan paytim ishni tugatib, orzu qilgan ishim bilan shug‘ullanishim mumkin. Miyaning ishlash qobiliyati va fikrlash darajasining o‘ziga baho berishidan bari tamom ekanini anglasam, orom olish fursatim kelgan bo‘ladi...
Umrimning oxirida Latviyada yashashni istardim. U pensionerlar uchun ajoyib mamlakat, ayniqsa puli borlar uchun. U yerda Moskvada bo‘lgani kabi bunday jo‘shqinlik yo‘q. Nima bilan shug‘allanaman? Yodingizda bo‘lsa kerak - Riga — Salaspils 6317-avtobusini haydash. Faqat bu paytga kelib haydovchilik guvohnomasini olishga ulgurish kerak.
Yangiliklar lentasi
0