Rossiya i Uzbekistan rasshiryayut sotrudnichestvo v kulturno-gumanitarnoy sfere - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston - Rossiya
Samarqandda 2020 yilning 1-2 dekabr kunlari Oʻzbekiston - Rossiya hukumat va biznesi vakillari ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtadi.

Krasnoyarskda Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlari shou-rumi ochilishi kutilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka oʻtishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoye foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi va Markaziy Sibir Savdo-sanoat palatasi kengashi Toshkent va Krasnoyarsk oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri eksportini amalga oshirish va tibbiyot turizmini yoʻlga qoʻyish masalalasini koʻrib chiqdi.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlari shou-rumi ochilishi kutilmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi va Markaziy Sibir Savdo-sanoat palatasi kengashi (Krasnoyarsk oʻlkasi) oʻrtasida muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv ishtirokchilar Toshkent shahri tadbirkorlari tomonidan yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq hoʻjaligi mahsulotlarining Krasnoyarsk oʻlkasiga toʻgʻridan-toʻgʻri eksportini amalga oshirish masalasini koʻrib chiqishdi.
Shuningdek, Toshkent va Krasnoyarsk oʻrtasida tibbiyot turizmini yoʻlga qoʻyish ham muhokama etildi.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni joriy yilda Oʻzbekistonning toʻqimachilik sohasida ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlari doimiy koʻrgazmasini shou-rum shaklida Krasnoyarsk shahrida ochish yuzasidan qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida Toshkent shahri va Krasnoyarsk oʻlkasi Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga asos boʻladigan shartnomani imzolashga kelishib olindi.
Chelyabinskda Oʻzbekistonning faxriy konsulxonasi ochilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0