https://oz.sputniknews.uz/20230203/jurnalist-marat-kasem-riga-qamoqxonasida-qiynoqqa-solinmoqda--31996662.html
Jurnalist Marat Kasem Riga qamoqxonasida qiynoqqa solinmoqda
Jurnalist Marat Kasem Riga qamoqxonasida qiynoqqa solinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Kerakli ko‘rsatmalarni majburan olish uchun jurnalistni bir kishilik kameraga ko‘chirib, og‘ir maishiy sharoitlar uyushtirilmoqda - advokat. 03.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-03T20:12+0500
2023-02-03T20:12+0500
2023-02-03T20:13+0500
dunyoda
marat kasem
litva
jurnalist
qamoq
advokatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/03/31990839_0:0:3036:1708_1920x0_80_0_0_e2fba72a5bcbc09b925ad1a808880060.jpg
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Sputnik jurnalisti Marat Kasemning qamoqxonada saqlash sharoitlari Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha konvensiyaga to‘g‘ri keladi. Bu haqida uning advokati ma’lum qildi. Kasem 30-yanvar kuni hech qanday sababsiz mahkumlar korpusiga o‘tkazildi va bir kishilik kameraga joylashtirildi. Kameradagi antisanitariya holati va hasharotlar tufayli Kasemda allergiya paydo bo‘ldi.Nafas olishda muammo bo‘lgani sababli u kamera derazasini ochib bosh va ustki kiyimda uxlashga majbur bo‘lmoqda. Bu sharoitlarda uning surunkali kasalliklari ham og‘irlashdi. Podagra kasalligi oqibatida oyoq barmoqlari ishlamay qoldi. Qamoqxona ma’muriyati uning shikoyatlariga quloq solishmayapti.Advokatga faqat uchinchi kuni qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berildi, lekin qonunga ko‘ra u kunning istalgan vaqtida qo‘ng‘iroq qilishga haqli. Qamoqxona shifokori Kasemning shikoyatlari va tashxisini e’tiborsiz qoldirib, unga oddiy allergiyaga qarshi tabletkalarini berdi.Marat Kasemning advokati ushbu og‘ir sharoitlar ayblanuvchidan kerakli ko‘rsatmalarni majburan olish uchun ataylab uyushtirilmoqda deb hisoblaydi. Ayni damda o‘z himoyasi ostida bo‘lgan jurnalistni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilmoqda. Sputnik jurnalisti, Latviya fuqarosi Marat Kasem 5-yanvar kuni Rigada hibsga olingan edi. Uni YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini buzish va shpionlik qilishda ayblashmoqda. Ushbu ayblovlar uni 20-yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilish huquqini beradi. Marat Kasem bir necha yildan beri Moskvada yashaydi va "Rossiya Segodnya" mediaguruhida ishlaydi. U 30-yanvar kuni oila a’zolarini ko‘rish uchun Latviyaga kelgan edi.
litva
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/03/31990839_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_3a4e75463381f70945dd51cb24b42295.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, marat kasem, litva, jurnalist, qamoq, advokatlik
dunyoda, marat kasem, litva, jurnalist, qamoq, advokatlik
Jurnalist Marat Kasem Riga qamoqxonasida qiynoqqa solinmoqda
20:12 03.02.2023 (yangilandi: 20:13 03.02.2023) Kerakli ko‘rsatmalarni majburan olish uchun jurnalistni bir kishilik kameraga ko‘chirib, og‘ir maishiy sharoitlar uyushtirilmoqda - advokat.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Sputnik jurnalisti Marat Kasemning qamoqxonada saqlash sharoitlari Qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha konvensiyaga to‘g‘ri keladi. Bu haqida uning advokati ma’lum qildi.
Kasem 30-yanvar kuni hech qanday sababsiz mahkumlar korpusiga o‘tkazildi va bir kishilik kameraga joylashtirildi. Kameradagi antisanitariya holati va hasharotlar tufayli Kasemda allergiya paydo bo‘ldi.
Nafas olishda muammo bo‘lgani sababli u kamera derazasini ochib bosh va ustki kiyimda uxlashga majbur bo‘lmoqda. Bu sharoitlarda uning surunkali kasalliklari ham og‘irlashdi. Podagra kasalligi oqibatida oyoq barmoqlari ishlamay qoldi. Qamoqxona ma’muriyati uning shikoyatlariga quloq solishmayapti.
Advokatga faqat uchinchi kuni qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berildi, lekin qonunga ko‘ra u kunning istalgan vaqtida qo‘ng‘iroq qilishga haqli. Qamoqxona shifokori Kasemning shikoyatlari va tashxisini e’tiborsiz qoldirib, unga oddiy allergiyaga qarshi tabletkalarini berdi.
Advokatning aytishicha, Maratning sog‘lig‘i og‘ir ahvolda.
Marat Kasemning advokati ushbu og‘ir sharoitlar ayblanuvchidan kerakli ko‘rsatmalarni majburan olish uchun ataylab uyushtirilmoqda deb hisoblaydi. Ayni damda o‘z himoyasi ostida bo‘lgan jurnalistni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilmoqda.
Sputnik jurnalisti, Latviya fuqarosi Marat Kasem 5-yanvar kuni Rigada hibsga olingan edi. Uni YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini buzish va shpionlik qilishda ayblashmoqda. Ushbu ayblovlar uni 20-yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilish huquqini beradi. Marat Kasem bir necha yildan beri Moskvada yashaydi va "Rossiya Segodnya" mediaguruhida ishlaydi. U 30-yanvar kuni oila a’zolarini ko‘rish uchun Latviyaga kelgan edi.