Video

Inson miyasi kuchlimi yoki zamonaviy kompyuter - olim fikri

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Inson miyasi kuchlimi yoki zamonaviy kompyuter tarmoqlari? Inson miyasida qancha asab hujayralari bor? Kelajakda kompyuter insondan oʻzib ketishi mumkinmi? Ushbu va boshqa savollarga javob maqolamizda.
TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Inson miyasida har qanday zamonaviy kompyuterdan koʻproq elementlar bor, hatto butun dunyodagi kompyuter tarmoqlaridan ham koʻp, deydi Qrim Federal universiteti Psixiologiya va psixofiziologiya kafedrasi rahbari Vladimir Pavlenko.
Inson miyasida 200 milliard neyronlar bor va ularning har biri boshqa neyronlar bilan 10 mingga yaqin sinops-hujayralari bilan bogʻlangan. Agar solishtiradigan boʻlsak, 200 milliard neyron - bu galaktikadagi yulduzlar soni bilan teng, sinopslar bilan birga hisoblaydigan boʻlsak, bu raqam biz bilgan koinotdagi barcha yulduzlardan ham koʻp boʻladi.
Shu sababli ham inson miyasi hozircha har qanday sunʼiy kompyuter neyron tarmogʻidan koʻra murakkabroq.
Ikkinchi tomondan, inson miyasi – bu evolyutsiya mahsulidir. Miyamizning katta qismi harakatlarni boshqarish, yegulik topish, oʻziga hamroq topish uchun javob beradi. Aytish joizki, neandartal odam miyasi zamonaviy odamnikidan kattaroq boʻlgan, chunki uning hayoti murakkab boʻlgan.
Hozir esa aksariyat odamlarning hayoti yengillashmoqda va ehtimol shuning uchun ham zamonaviy insonlar miyasi kichraymoqda. Lekin hozir miyani rivojlantirish imkoniyati avvalgiga qaraganda koʻproq.
Zamonaviy inson oʻz miyasini rivojlantirish uchun kompyuterdan, internetdan foydalanishi mumkin. Men oʻz talabalik davrimni eslayman. U vaqtlar biror zamonaviy ilmiy maqolani topish uchun juda koʻp harakat qilish kerak edi. Hozir esa, men 15 soniya ichida har qanday maqolani topib, uni istalgan tildan avtomatik ravishda tarjima qilib oʻqiy olaman. Shuning uchun ham bugungi kunda inson oʻz miyasini rivojlantirishi uchun imkon juda keng.
Ehtimol, shu sababli ham bugungi kunda insonlarda miya rivojlanish darajasi ham juda farq qilmoqda. Kimgadir yashash osonlashdi kimgadir aksincha murakkablashdi.
Xulosa shuki, hozircha inson miyasi har qanday sunʼiy neyron tarmoqlardan ustun. Olimlar va faylasuflar 20-asrning oʻrtalaridan boshlab inson ongi mashinalar raqobati haqida oʻylay boshlagan edi. Ayrimlar sunʼiy intellektni cheklash tarafdori boʻlgan edi. Yozuvchi Ayzek Azimov esa robototexnikaning mashhur 3 ta qonunini oʻylab topgan edi. Bular sunʼiy ong rivojlanishini inson uchun xavfsiz qilishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0