Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Energodarda terakt sodir bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Doneskoy narodnoy respublike
Situatsiya v Doneskoy narodnoy respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Bugun, 3-fevral kuni Energodarda avtomobil portlatildi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan”, - dedi u.

Ta’kidlanishicha, ertalab soat 07:50 da shaharning beshinchi mikrorayonida portlash ovozi eshitilgan.
“Energodarda avtomobil portlashi shunchalik kuchli ediki, to‘qqizinchi qavatga qadar uylarning derazalari uchib ketdi”, - deya qo‘shimcha qilgan Rogov.
Qayd etilishicha, voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va kuch tuzilmalari xodimlari ishlamoqda.
Ukrainalik diversantlar Rossiyaning yangi hududlarida bir necha bor teraktlar uyushtirgan.
Rossiya 2022-yil 24-fevralidan beri Ukrainada maxsus harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0