Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

© pixabayDevushka idet pod silnim dojdem
Devushka idet pod silnim dojdem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, yakshanba kuni esa hududning katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Ertaga respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, yakshanba kuni hududning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, yakshanba kuni hududning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati kechalari +0...+5 daraja, ba’zi joylarda -2 darajagacha, kunduz kunlari +5...+10 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Harorat asosan kechasi +0...+3 daraja iliq, kunduzi +7...+10 daraja iliq bo‘ladi.
3-5 fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0