Axsikentdan yana qadimiy buyumlar topildi - foto

Obuna bo‘lish
Axsikent yodgorligida davom etayotgan tadqiqot ishlari davomida noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent yodgorligidan yana qadimiy buyumlar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Axsikent yodgorligida davom etayotgan tadqiqot ishlari davomida noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi.

“Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning Vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Axsikent yodgorligida qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar aniqlangan edi. Aytilishicha, Qoraxoniylar davriga tegishli suratlar arxitektura inshootlari devorlarini bezab turgan. Shuningdek, Axsikent arxeologik yodgorligida alebastr va loyga o‘yib ishlangan ganchkorlik san’ati namunalari ham aniqlangan.
© Namangan viloyati hokimligi
Axsikent yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Namangan viloyati hokimligi
Axsikent yodgorligi - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Yangiliklar lentasi
0