Kolumnistlar

Artyomovsk qurshovi maxsus operatsiya uchun qanday ahamiyatga ega?

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka oʻtishBoytsы CHVK "Vagner" v osvobojdennom Soledare.
Boytsы CHVK Vagner v osvobojdennom Soledare. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Artyomovsk istehkomi operativ qurshovga olingan va UQK har kuni yuzlab askar yoʻqotmoqda, shahar yaqin kunlarda ozod etilishi muqarrar. Gʻarbning katta harbiy va moliyaviy yordamiga qaramay, maxsus operatsiya zonasida Ukraina degradatsiyaga uchrayotgani koʻrinib turibdi.
“Baxmut fortetsiya”sining operativ qurshab olinishi Rossiya kuchlarining maxsus operatsiya zonasida taktika va strategiya jihatidan hukmronlik qilayotgani, Kiyev rejimining Gʻarb tomonidan qoʻllab-quvvatlanishining samarasizligi, AQSH va NATO qoʻgʻirchoqlarining halokatga mahkumligini tasdiqlaydi.

Artyomovsk va uning hududidagi bir nechta UQK brigadalari 1 fevraldan buyon operativ qurshovda. Rossiya qoʻshinlari tomondan shaharga shimoldan, sharqdan va janubdan, Rossiya artilleriya olovlari tomonidan gʻarbga yoʻllar esa toʻsib qoʻyilgan. “Baxmut fortetsiyasi”ga zaxira askarlari va oʻq-dorilarni joʻnatish ancha xarajatli ishga aylanib bormoqda. Okkupatsiyalangan garnizon har sutkada yuzlab askarlaridan ayrilmoqda va Artyomovskning yaqin kunlarda ozod etilishi muqarrar. Koʻp sonli ukrain harbiylari buyruqsiz gʻarbga qarab qochishmoqda yoki asirga tushishmoqda. Kiyev rejimiga Gʻarbning yuborayotgan juda katta harbiy, moliyaviy yordamiga qaramay, UQKning maxsus operatsiya zonasida degradatsiyaga uchrayotganini koʻrib turibmiz.
Kiyev rejimi juda koʻp kuch yoʻqotayotgani sabab nazorat ostidagi hududlarida keng koʻlamli safarbarlik oʻtkazmoqda.
“Boshqa tomon” maʼlumotlariga koʻra, eng yaxshi tayyorlangan boʻlimlar va ogʻir qurollarni Ukraina bosh shtabi goʻyoki bahorda boʻlib oʻtadigan qarshi hujumi uchun asramoqda, Zaporojye shimolida zaxira toʻplamoqda. Aslida esa, Rossiya qoʻshinlari Zaporojye yoʻnalishida olgʻa harakatlanyapti, yanvarning soʻnggi kunlarida 160 kv kilometrdan koʻp va yettita aholi yashash punktalrini ozod qildi.
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha Moskvaning Ukraina qoʻshinlarini Rossiya hududi uchun xavfsiz boʻlgan masofaga uzoqlashtirish niyatini tasdiqladi. Ehtimol ularni Polsha chegaralariga qadar “uzoqlashtirish”ga toʻgʻri kelar.
Pentagonning 1 fevralda AQSH qonunchilari uchun oʻtkazgan maxfiy brifingida aniq baho paydo boʻldi: “Ukraina Qrimni qaytara olmaydi” (toʻrtta dokladchilar orasida - Mudofaa vazirining Rossiya, Ukraina va Yevroosiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Laura Kuper va Operatsiyalar boshligʻi, birlashgan shtab general-leytenanti Duglas Sims bor). Avvalroq AQSH armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi Mark Milli ham UQK Rossiya Qurolli kuchlarini “quvib chiqarish”ga qodir emasligini maʼlum qilgan edi.
Amerikani qaytarib boʻlmas yoʻqotishlar, safarbar qilingan resurslar inqirozi va Ukrainaning yaqin kunlarda magʻlub boʻlishi alomatlari xavotirga qoʻymoqda. Pentagon, davlat departamenati va AQShning xalqaro rivojlanish boʻyicha agentligi (USAID) Amerikaning harbiy yordamidan qay tarzda foydalanganlik haqida Kiyevni hisobot berish kerakligidan ogohlantirdi. Bu bosimda soddalik koʻpmi yoki surbetlik – nomaʼlum.

Kollektiv tahdid muammolari

Kiyev rejimi uchun turli joylardan yigʻilgan 140ta NATO tanklari Ukraina harbiy harakatlar teatrida vaziyatni oʻzgartirmaydi. Rossiya qoʻshinlari har oy oʻrtacha 640 ta bronetexnikani yoʻq qilmoqda.
UQK bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy Gʻarb taʼminotining sifati, yetkazish surʼati va sonidan oshkora norozi. Kiyevning har bir qarshi hujum operatsiyasi uchun 300 tank, 500 ta jangovar piyoda mashinalari va 200 qiruvchilarini qoʻlga kiritish istagi – haqiqatdan juda uzoq. Alyans arsenallari allaqachon tugab boʻlgan.
Masalan, London fidoiylarcha Kiyev rejimiga 30 ta AS90 oʻziyurar artilleriya oʻrnatmalari berib yubordi. Britaniya armiyasining oʻzi shuncha ogʻir qurolga ega boʻlgan. Yangi pushkalarini London 2029 yilda qoʻlga kiritadi, demak Britaniya xavf ostida. Oʻz artilleriyasini jonlantirish uchun, London tezkorlikda Janubiy Koreyalik K9 Rhunder va Shvetsiyaning Archer pushkalarini qidirmoqda.
Artilleriyadan tashqari Britaniya UQK ga 14 ta asosiy jangovar tanklari Challenger 2 ni bermoqda va oldindan oʻzi uchun “xavfsizlik zonasi” yaratilishini soʻramoqda. Goʻyoki dunyodagi eng zoʻr tanklar (T-80, T-90 va T-14 “Armata”) ishlab chiqaruvchilari dunyo qurollari bozorida mutlako talab boʻlmagan va eskirgan Britaniya mashinalari uchun ovga chiqadigandek. Taʼkidlash joiz, hattoki ancha zamonaviy boʻlgan “Leopardlar”ning butun Yevropa parki ham- qariyb 2000 ta tank – Ukraina harbiy harakatlar teatrida bir yilga qolmay yonib kul boʻlishi mumkin. Keyin navbat V62-12 termoyadroviy bombasiga ega F-16 qiruvchilarigami? Amerika va Yevropa yoki alamzada yoki Rossiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri urushga bormoqchi.
Dastlab iqtisodiy hamkorlik uchun yaratilgan Yevropa Ittifoqi oʻqitiladigan ukrainalik harbiylar sonini ikki barobarga - yiliga 30 ming nafargacha koʻpaytirmoqchi. Britaniya 10 000 UQK jangchilarini tayyorlagan, ammo “sharqiy front”dagi bu mutaxassislar boshqalarga qaraganda tezroq taslim boʻlishmoqda. AQShning Gʻarbiy ittifoqchilari 3 fevral kuni boʻlib oʻtadigan “harbiy sammit” uchun Kiyevga keldi. Yevropa Ittifoqining ukrainaliklarga “Yevropa orzusi”ni sotishga qaratilgan bu yangi urinishi NATO doirasida kuchayib borayotgan nifoqni yashirmaydi - Turkiya, Ispaniya va Gretsiya oʻz Leopard 2 tanklarini Ukrainaga berishdan bosh tortdi.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kiyevga magʻlubiyatni tan olishni taklif qildi. Yevropada harbiy-siyosiy girdob chuqurlashib bormoqda. Gʻarblik diplomatlar oʻt ochishni toʻxatish haqida tez-tez gapirishmoqda. AQSH sobiq mudofaa vaziri Roberts Geytsning taʼkidlashicha, tinchlik muzokaralari oxir-oqibat jang maydonidagi voqealarning qanday rivojlanishi va mojaroning davomiyligiga bogʻliq boʻladi.

Sehrlangan doira. Ayni paytda, Rossiya strategik raketa kuchlari (RVSN) bu “xorovod”da AQSH va NATOning qoʻllarini diqqat bilan kuzatib bormoqda - tajovuzkorning tanobini tortib qoʻyishga doim tayyor.
Yangiliklar lentasi
0