Qirgʻizistonda YEOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston va YEOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament aʼzolariga Oʻzbekistonning YEOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama oʻrganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Aripov YEOIIni elektron davlat xizmatlari sohasida yaqin hamkorlikka chorladi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Aripov bunday integratsiya birlashma mamlakatlari aholisi va tadbirkorlariga butun YEOII hududida barcha raqamli imkoniyatlardan erkin foydalanish imkonini berishini taʼkidlagan.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Oʻzbekiston YEOII mamlakatlarida elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimlarini integratsiya qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga tayanib, RIA Novosti yozmoqda.

“Biz tegishli idoralar elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va hujjat aylanishi boʻyicha oʻz milliy tizimlarini integratsiyalash masalasini ishlab chiqishiga ishonamiz”, - degan Aripov "Digital Almaty-2023" xalqaro raqamlashtirish forumining yalpi majlisida soʻzlagan nutqida.

Oʻzbekiston bosh vaziri bunday integratsiya birlashma mamlakatlari aholisi va tadbirkorlariga butun YEOII hududida barcha raqamli imkoniyatlardan erkin foydalanish imkonini berishini taʼkidlagan.
Aripovning aytishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq va suv xoʻjaligi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori kabi sohalarni mamlakatda raqamlashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab bergan.
“Yuqoridagi ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni yaqin hamkorliksiz amalga oshirib boʻlmaydi. Shu munosabat bilan biz oʻz tashabbuslarimizni mintaqaviy miqyosda faol integratsiya qilishga bel bogʻlaganmiz... Mintaqani raqamli texnologiyalarning ilgʻor markaziga aylantirish uchun mamlakatlarimizning mavjud imkoniyatlarini birlashtirish zarur”, - deya qoʻshimcha qilgan Aripov.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015 yil 1 yanvardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashmadir. Ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo. Moldova 2018 yil may oyidan buyon YEOIIda kuzatuvchi maqomiga ega. 2020 yilda YEOII davlatlari rahbarlarining yigʻilishida Kuba va Oʻzbekistonga integratsiya birlashmasida kuzatuvchi maqomi berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0