O‘zbekistonda har yuz ming kishiga nechta sudya to‘g‘ri kelmoqda

© pexels/Sora ShimazakiMolotok sudi
Molotok sudi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston professional sudyalar sonini oshirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda har yuz ming kishiga 3-4 ta sudya to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengashi rais o‘rinbosari Alisher Jalilov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, ayni paytda respublika bo‘yicha sudyalik lavozimida ishlayotganlar soni 1317 nafarni tashkil etmoqda. Shundan ayol sudyalar 179 nafar, ularning 25 nafari rahbar sudyalik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.
© SputnikSudyalar oliy kengashi
Sudyalar oliy kengashi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Sudyalar oliy kengashi

“Rossiyada har yuz ming kishiga 24 ta, Qozog‘istonda esa 18 taga sudya to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekistonda bu, albatta, kam ko‘rsatkich. Hozirda professional sudyalar tayyorlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilib, bu bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda”, - deydi Jalilov.

Sudyalar oliy kengashi sho‘’ba rahbari Nodira Boboxonovaning so‘zlariga ko‘ra, sudyalar yuklamasida bir kunda nechta ish ko‘rish bo‘yicha qonun bilan chegaralangan alohida norma mavjud emas. Bu jarayonning qanday kechishi bilan bog‘liq. Bunda sudya individual yondashadi.
Joriy o‘quv yilida Sudyalar oliy maktabining sudyalik lavozimiga tayyorlash kurslarida 138 nafar tinglovchi tahsil olmoqda. Sudyalar oliy maktabi faoliyati boshlangandan buyon 207 nafar nomzoddan 179 nafari sudyalik lavozimiga tayinlangan.
Sud tizimida 1-fevral holatiga vakant o‘rinlar soni 14 tani tashkil etdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 145 taga teng bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, sudyalikka nomzodlar va sudyalarning kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron psixologik test dasturi ishga tushirilib, 901 nafar sudya psixologik testdan o‘tkazilgan.
Psixologik test natijalaridan kelib chiqib, joylarda sudyalar uchun psixologik treninglar o‘tkazib kelinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-yanvar kuni prezident tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, ayrim sud ishlarini yuritish ma’muriy organlarga o‘tkaziladi. Hujjat bilan, ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023-yil 1-sentabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024-yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0