https://sputniknews.uz/20230202/rossiya-va-xitoy-munosabatlari-harbiy-ittifoqdan-ham-yuqori---lavrov-toliq-intervyu-31949246.html
Rossiya va Xitoy munosabatlari harbiy ittifoqdan ham yuqori - Lavrov, toʻliq intervyu
Rossiya va Xitoy munosabatlari harbiy ittifoqdan ham yuqori - Lavrov, toʻliq intervyu
Rossiya KXSHTdan yordam soʻraydimi? Ukrainadan keyin kim Rossiyaga qarshi chiqadi? AQSH "yagonaligi" aslida nimani anglatadi? AQSH butun dunyoda demokratlarni nima uchun... 02.02.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-02-02T21:45+0500
2023-02-02T21:45+0500
2023-02-03T11:41+0500
rossiya
sergey lavrov
intervyu
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31927071_0:0:3170:1784_1920x0_80_0_0_084d4e04e67125c3e080ed1270d10914.jpg
TOSHKENT, 2 fev - Sputnik. Hozir Rossiya va Xitoy munosabatlari har qanday harbiy ittifoqlardan ham yuqori. Ularda hech qanday chegara va cheklovlar yoʻq, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya Segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida. Maxsus operatsiya qachon tugaydi?Maxsus operatsiya uning oldiga qoʻyilgan vazifalar toʻliq bajarilganiga qadar davom etadi. Bunday vazifalardan biri Rossiya mustaqilligini taʼminlash, rus millatiga mansub kishilarning oʻz madaniyati va ona tilida soʻzlashish imkonini saqlab qolishdir. Axir Ukraina hukumati yillar davomida u yerda yashayotgan ruslarga rus tilini oʻqishni, rus tilida gapirishni taʼqiqlab keldi. Ular oʻz ona tilida soʻzlashishni xohlaydi.Harbiylarimiz esa oʻz oldiga qoʻyilgan vazifani tez aniq va imkon qadar kamroq yoʻqotishlar bilan bajarishga harakat qilishmoqda. Shu sababli ham bizning vazifamiz ularni imkon qadar qoʻllab-quvvatlash, aholiga sodir boʻlayotgan voqealarni geosiyosiy va boshqa tomonlardan toʻgʻri tushuntirib berishdir.Tinchlik muzokaralari borasidaTinchlik muzokaralariga kelsak, biz boshidan hammasini tinch yoʻl bilan hal qilmoqchi edik, lekin Kiyev bunga rozi boʻlmadi. Zelenskiy Gʻarbdagi kuratorlari talabi bilan muzokaralar oʻtkazishni taʼqiqlab qoʻydi.Hozir biz Ukraina artilleriyasini chegaralarimiz uchun xavf tugʻdirmaydigan masofaga surib qoʻymoqdamiz. Lekin Gʻarb uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarni yetkazib bermoqchi - demak, ularni yanada orqaroqqa siljitish kerak boʻladi.Amerika "yagonaligi" nimani anglatadi?Mana bir necha yildirki biz AQSH rahbarlaridan ushbu mamlakat dunyoda yagona (boshqalardan ustun) ekanini va uning javobgarligi va vakolatlari ham “cheklanmagan” darajada ekani haqida eshitib kelayapmiz. Lekin bu soʻzlar aslida nimani anglatadi?Amerika prezidenti Barak Obama nutqi, undan keyin Donald Tramp ham, soʻngra Bayden ham aynan shu Amerikaning dunyoda “yagona” davlat ekani haqida bir necha bor gapirishgan. Bu "yagonalik" siri yaqinda yanada tushunarliroq boʻldi. AQSH davlat departamenti rahbari Entoni Blinken “Amerika dunyoda oʻz liderligini amalga oshirishi shart, agar biz boʻlmasak, dunyoda xaos boshlanadi”, degan edi “kamtargina” qilib.Baydenning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham bir jurnalda AQShning “yagonaligi”ni quyidagi dahshatli soʻzlar bilan izohlab bergan edi:Bu soʻzlar faqat bir narsani anglatadi - barcha davlatlar oʻz tarixini unutishi, va asta sekin amerikaliklarga aylanishi kerak degani. Bu xuddi Amerikaning azaliy printsipiga oʻxshaydi - u yerga kelgan har qanday millat vakili “katta qozonda qaynab”, amerikalikka aylangani kabi. Ular Amerikaning mahalliy xalqi (hindularni) ham ana shunday qozonda qaynatishgan edi. - Xa, shunday qaynatishdiki, ulardan hech narsa qolmadi. Bunday “qozonda qaynatishning” oqibatlarini biz bugun amerika jamiyatida koʻrib turibmiz. Ular boʻlinib ketmoqda. Tarix qaytarilmoqda1912 yoki 1941 yillarda boʻlgani kabi dunyoga hukmronlik qilmoqchi boʻlganlar butun Yevropadan qoʻshin toʻplab, Rossiyaga hujum qilmoqda. Men bugungi voqealarda ham katta farq koʻrmayapman.Oʻshanda ham bizga qarshi millatchilik gʻoyalaridan foydalanishgan edi. Bugun ham shunday boʻlayapti. Kiyev rejimining negizida ham ana shu millatchilik gʻoyalari turibdi. Lekin Gʻarb buni koʻrishni istamaydi.Ularning fikricha, Rossiya inqirozga uchrashi kerak.Buni fashizmdan nimasi kam? Yaxshiyamki, hozircha Germaniyada fashizmni qayta tiklashga qarshi boʻlganlar yetarlicha bor. Lekin buni istaydiganlar ham koʻp.Shuning uchun ham biz bugun dunyoda sodir boʻlayotgan eng muhim voqealarning markazida turibmiz. Maxsus operatsiya zonasida kurashayotganlar esa – haqiqiy qahramonlar. Ular insoniyat kelajagi uchun kurashmoqda.Diplomatik janglarBugungi vaziyatda Rossiya TIV va diplomatiyasining vazifasi dunyo hamjamiyatiga boʻlayotgan voqealar mohiyatini toʻgʻri tushuntirib berishdir.Biz boʻlsak bu harakatlarning barchasi Gʻarbning tajovuzkorona harakatlariga javoban boʻlganini aytib tushuntiramiz. Masalan, Qrimning Rossiyaga qoʻshilishidan oldin Kiyevda davlat toʻntarilishi sodir boʻlgani va millatchilar hukumat boshiga kelgani. Ular birinchi kundanoq rus tilining maqomini bekor qilishga urinishi va Qrimdan rus millatini quvib chiqarishga qaratilgan harakatlarini esga olamiz. Biz oʻshanda BMTga, YEXHTga va boshqa barcha xalqaro tashkilotlarga xabar bergandik, lekin birov barmogʻini ham qimirlatmagan edi. Keyinchalik YEXHT Donbassda ukrain millatchilari uchun hatto shpionlik qilganini ham maʼum boʻldi.Biz bularning barchasini oʻzimizning xorijiy hamkorlarimizga tushuntirishga, Gʻarb tarqatayotgan yolgʻon axborotlarni inkor qilishga harakat qilamiz. Aksariyat hollarda hamkorlarimiz bizni toʻgʻri tushunishmoqda.Ukraina mojarosi - Amerika daromadiDastlab AQSH Yevropani Ukrainaga harbiy jihozlar yetkazib berishga, keyin oʻqotar qurollar, yaqinda esa tanklar yetkazib berishga majburladi. Gʻarb yaqin kelajakda Ukrainaga samolyotlar ham yetkazib berishni boshlasa, hayron boʻlmaymiz.Amerika harbiy sanoati allaqachon yangi buyurtmalar olishga tayyorgarlik koʻrmoqda va ildam qadamlar bilan toʻliq ishga tushirilmoqda.Iqtisodiy jihatdan ham arzon energiya tashuvchilardan mahrum boʻlgan Yevropa sanoat korxonalari ham sekin-asta AQShga koʻchib oʻtmoqda. AQSH buning uchun ularni ragʻbatlantiruvchi qonunlar ham qabul qilishga ulgurdi.Yevropaliklar kim ularni talon-taroj qilayotganini oz-ozdan tushunib bormoqda. Yaqinda Makron AQShning imtiyozlar haqidagi qonunlarni tanqid qilgan edi.Yana qaysi respublikani Rossiyaga qarshi qilish mumkin?Hozir bu rolga Moldovani faol tayyorlashmoqda. Oʻzi Ruminiya fuqarosi boʻlgan mamlakat prezidenti lavozimida ishlamoqda va Moldovani Ruminiya bilan birlashtirib NATOga olib kirishni juda istamoqda. Hozir bu yerda hamma narsa mojaro tomon ketmoqda.Gʻarb shu yoʻsinda Gruziyani ham Rossiyaga qarshi qilishga urinib koʻrdi. Bir vaqtlar hatto u tomondan ikkinchi front ochish haqidagi gaplar ham paydo boʻldi. Lekin bugungi Gruziyada prezident muhim rol oʻynamaydi. Hokimiyat esa, AQSH tomonidan koʻrsatilgan mislsiz bosimga qaramasdan, oʻz milliy manfaatlari yoʻlidan borishni tanladi va Gʻarbga qatʼiy “yoʻq” javobini berdi.Aytish joizki, AQSH vakolatxonalari mavjud boʻlgan barcha sobiq Ittifoq mamlakatlarida Rossiyaga qarshi faoliyat olib borilmoqda.KXSHT va Rossiya haqidaKXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) shartnomasida agar aʼzo davlatlardan biriga tajovuz uyushtirilsa, uning soʻroviga binoan boshqa aʼzolar kerakli harbiy yordamni koʻrsatishi kerak deyilgan. Hozir Rossiyaga KXSHT yordami kerak emasmi? Oʻtgan yili Qozogʻistonda yanvar voqealari sodir boʻlganda, Qozogʻiston prezidenti KXSHTga yordam soʻrab murojaat qilgan edi. Tashkilot bunga yashin tezligida javob berdi va harbiy kuchlar bir sutka ichida kerakli manziga yetib borib, qoʻyilgan vazifalarni bajarishga kirishdi.KXSHT aʼzolari tashqi siyosiy maydonlarda ham bir birini qoʻllab-quvvatlashi kerak. Ayniqsa bugungi vaziyatda xalqaro maydonda Rossiya pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlovchi tarafdorlar kerak. Yaqinda boʻlib oʻtgan KXSHT majlisida aynan shu masala muhokama qilindi.Arman-Ozarbayjon mojarosi haqidaArmaniston KXSHT doirasida yordam soʻrab murojaat qildi. Biz Armanistonning Ozarbayjon chegarasiga yaqin boʻlgan hududida KXSHT qoʻshinlarni joylashtirish boʻyicha shartnoma ishlab chiqdik va uni Armanistonga taklif qildik. Lekin Armaniston soʻnggi damda undan voz kechdi.Ular KXSHTdan Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻga hujumini keskin qoralashini talab qilishdi. Lekin KXSHT bunday qilishga haqli emas, chunki Ozarbayjon qonuniy oʻziga tegishli boʻlgan, Armaniston bir necha yillar davomida bosib olgan yerlarni oʻziga qaytardi.Demokratlar va avtokratlarAQSH va Gʻarb qolgan barcha xalqlar uchun dunyoning judda oddiy suratini chizishgan: ular taʼkidlashiga koʻra, dunyoda demokratik va avtokratik davlatlar bor. Shunday oddiy tushunchalar ostida AQSH dunyo mamlakatlarini birlashtirib, avtokrat davlatlar, yaʼni Rossiya, Xitoy, KXDR va Eronga qarshi kurash eʼlon qilishni istaydi. Yaqinda demokratik davlatlar sammiti boʻlib oʻtishi va unda Zelenskiy nutq soʻzlashi kutilmoqda. Kim demokrat ekanini – Amerika belgilaydi.Bu qanday amalga oshadi, maʼlum emas, lekin bu barcha xalqaro huquq normalari, BMT ustavi va xalqaro qonunlarga zid boʻlishi aniq.Rossiya va XitoyRossiya va Xitoyning bugungi munosabatlari – oʻzaro tariximizda eng yaxshi munosabatlardir. Ular sifat jihatidan har qanday harbiy ittifoqdan yuqori. Ularda hech qanday cheklov va chegara yoʻq.Hozir Rossiya va Xitoy orasida munosabatlarni sovuqlashtirish, nizo chiqarishga harakat qilayotganlar juda koʻp. Ulardan har xil gapni eshitish mumkin, jumladan Xitoy Rossiyaga tahdid solishi mumkinligi haqida ham. Bularning barchasi Rossiya va Xitoy oʻzaro kelishuvlarni kamaytirish, iqtisod va siyosatda oʻzaro harakatlarni muvofiqlashtirishga xalal berish uchun qilinmoqda.Gʻarb moliya tashkilotlariBugungi kunda umumjahon maqomiga ega boʻlgan savdo va moliya tashkilotlari Bretton-Vuds kelishuvi davrlaridan boshlab Gʻarb tomonidan yaratilgan edi.Bu institutlar doirasiga Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti kiradi. Biz ushbu tashkilotlarga aʼzo boʻlish vaqtimizda u yerda oʻrnatilgan barcha talablarni bajarishni boʻyin olgandik. Masalan JSTga kirish uchun bizga 17 yil kerak boʻldi. Biz oʻz qonunchiligimizni uning normalariga mosladik. Bu qoidalar aslida dunyoda halol raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan edi.XVJda ham shunday vaziyat, obʼyektiv iqtisodiy sabablarga koʻra BRICS davlatlari boʻyicha allaqachon AQShdan oʻzib ketgan, lekin AQSH ovoz sanashdagi nohaqlikdan foylanib, oʻzining veto huquqini saqlab qolmoqda.Rossiya tashqi ishlar vazirining toʻliq intervyusini rus tilida quyida tomosha qilishingiz mumkin.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31927071_360:0:3091:2048_1920x0_80_0_0_718b29eda5c25fbdf2495ba40844a301.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sergey lavrov, intervyu
Rossiya va Xitoy munosabatlari harbiy ittifoqdan ham yuqori - Lavrov, toʻliq intervyu
21:45 02.02.2023 (yangilandi: 11:41 03.02.2023) Rossiya KXSHTdan yordam soʻraydimi? Ukrainadan keyin kim Rossiyaga qarshi chiqadi? AQSH "yagonaligi" aslida nimani anglatadi? AQSH butun dunyoda demokratlarni nima uchun toʻplamoqda? Sergey Lavrovning ushbu va boshqa savollarga javobi quyida batafsil.
TOSHKENT, 2 fev - Sputnik. Hozir Rossiya va Xitoy munosabatlari har qanday harbiy ittifoqlardan ham yuqori. Ularda hech qanday chegara va cheklovlar yoʻq, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya Segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida.
Maxsus operatsiya qachon tugaydi?
Maxsus operatsiya uning oldiga qoʻyilgan vazifalar toʻliq bajarilganiga qadar davom etadi. Bunday vazifalardan biri Rossiya mustaqilligini taʼminlash, rus millatiga mansub kishilarning oʻz madaniyati va ona tilida soʻzlashish imkonini saqlab qolishdir. Axir Ukraina hukumati yillar davomida u yerda yashayotgan ruslarga rus tilini oʻqishni, rus tilida gapirishni taʼqiqlab keldi. Ular oʻz ona tilida soʻzlashishni xohlaydi.
Harbiylarimiz esa oʻz oldiga qoʻyilgan vazifani tez aniq va imkon qadar kamroq yoʻqotishlar bilan bajarishga harakat qilishmoqda. Shu sababli ham bizning vazifamiz ularni imkon qadar qoʻllab-quvvatlash, aholiga sodir boʻlayotgan voqealarni geosiyosiy va boshqa tomonlardan toʻgʻri tushuntirib berishdir.
Tinchlik muzokaralari borasida
Tinchlik muzokaralariga kelsak, biz boshidan hammasini tinch yoʻl bilan hal qilmoqchi edik, lekin Kiyev bunga rozi boʻlmadi. Zelenskiy Gʻarbdagi kuratorlari talabi bilan muzokaralar oʻtkazishni taʼqiqlab qoʻydi.
AQSH boshchiligidagi Gʻarb ushbu mojaroni imkon qadar uzoqroq davom ettirishni istaydi. Ular aynan jang maydonida gʻalaba qozonishni istamoqda. Gʻarb shuni istar ekan, biz ham bunga amal qilamiz.
Hozir biz Ukraina artilleriyasini chegaralarimiz uchun xavf tugʻdirmaydigan masofaga surib qoʻymoqdamiz. Lekin Gʻarb uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarni yetkazib bermoqchi - demak, ularni yanada orqaroqqa siljitish kerak boʻladi.
Amerika "yagonaligi" nimani anglatadi?
Mana bir necha yildirki biz AQSH rahbarlaridan ushbu mamlakat dunyoda yagona (boshqalardan ustun) ekanini va uning javobgarligi va vakolatlari ham “cheklanmagan” darajada ekani haqida eshitib kelayapmiz. Lekin bu soʻzlar aslida nimani anglatadi?
Amerika prezidenti Barak Obama nutqi, undan keyin Donald Tramp ham, soʻngra Bayden ham aynan shu Amerikaning dunyoda “yagona” davlat ekani haqida bir necha bor gapirishgan. Bu "yagonalik" siri yaqinda yanada tushunarliroq boʻldi.
AQSH davlat departamenti rahbari Entoni Blinken “Amerika dunyoda oʻz liderligini amalga oshirishi shart, agar biz boʻlmasak, dunyoda xaos boshlanadi”, degan edi “kamtargina” qilib.
Baydenning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham bir jurnalda AQShning “yagonaligi”ni quyidagi dahshatli soʻzlar bilan izohlab bergan edi:
“Bizning yagonaligimiz shuni anglatadiki, biz oʻzga davlatlar va millatlarga ularning tarixiy va etnik oʻziga xosligini ulugʻlashga va ushbu asosda rivojlanishga yoʻl qoʻya olmaymiz. Biz dunyoning barcha nuqtasiga yangi erkin demokratiyani tarqatishimiz kerak”.
Bu soʻzlar faqat bir narsani anglatadi - barcha davlatlar oʻz tarixini unutishi, va asta sekin amerikaliklarga aylanishi kerak degani. Bu xuddi Amerikaning azaliy printsipiga oʻxshaydi - u yerga kelgan har qanday millat vakili “katta qozonda qaynab”, amerikalikka aylangani kabi.
Ular Amerikaning mahalliy xalqi (hindularni) ham ana shunday qozonda qaynatishgan edi. - Xa, shunday qaynatishdiki, ulardan hech narsa qolmadi.
Bunday “qozonda qaynatishning” oqibatlarini biz bugun amerika jamiyatida koʻrib turibmiz. Ular boʻlinib ketmoqda.
Tarix qaytarilmoqda
1912 yoki 1941 yillarda boʻlgani kabi dunyoga hukmronlik qilmoqchi boʻlganlar butun Yevropadan qoʻshin toʻplab, Rossiyaga hujum qilmoqda. Men bugungi voqealarda ham katta farq koʻrmayapman.
Oʻshanda ham bizga qarshi millatchilik gʻoyalaridan foydalanishgan edi. Bugun ham shunday boʻlayapti. Kiyev rejimining negizida ham ana shu millatchilik gʻoyalari turibdi. Lekin Gʻarb buni koʻrishni istamaydi.
Ularning fikricha, Rossiya inqirozga uchrashi kerak.
“Ukrainadagi urush natijasida Rossiya strategik inqirozga uchrashi va oʻnlab yillar davomida oʻz iqtisodini tiklay olmasligi kerak”, - deb ochiqchasiga aytgan edi Yevrokomissiya raisi Ursula Fon der Lyayen.
Buni fashizmdan nimasi kam? Yaxshiyamki, hozircha Germaniyada fashizmni qayta tiklashga qarshi boʻlganlar yetarlicha bor. Lekin buni istaydiganlar ham koʻp.
Shuning uchun ham biz bugun dunyoda sodir boʻlayotgan eng muhim voqealarning markazida turibmiz. Maxsus operatsiya zonasida kurashayotganlar esa – haqiqiy qahramonlar. Ular insoniyat kelajagi uchun kurashmoqda.
Diplomatik janglar
Bugungi vaziyatda Rossiya TIV va diplomatiyasining vazifasi dunyo hamjamiyatiga boʻlayotgan voqealar mohiyatini toʻgʻri tushuntirib berishdir.
Gʻarb davlatlari har doim hamma narsani oʻz foydasiga hal qiladi va boʻlayotgan voqealarda faqat Rossiya aybini pesh qiladi. Ularning sevimli iboralari “Qrim anneksiya qilinmaganda, hammasi yaxshi boʻlardi”, Rossiya bostirib kirmaganda, “Ukrainada urush boʻlmasdi” va hokazo.
Biz boʻlsak bu harakatlarning barchasi Gʻarbning tajovuzkorona harakatlariga javoban boʻlganini aytib tushuntiramiz. Masalan, Qrimning Rossiyaga qoʻshilishidan oldin Kiyevda davlat toʻntarilishi sodir boʻlgani va millatchilar hukumat boshiga kelgani. Ular birinchi kundanoq rus tilining maqomini bekor qilishga urinishi va Qrimdan rus millatini quvib chiqarishga qaratilgan harakatlarini esga olamiz. Biz oʻshanda BMTga, YEXHTga va boshqa barcha xalqaro tashkilotlarga xabar bergandik, lekin birov barmogʻini ham qimirlatmagan edi. Keyinchalik YEXHT Donbassda ukrain millatchilari uchun hatto shpionlik qilganini ham maʼum boʻldi.
Biz bularning barchasini oʻzimizning xorijiy hamkorlarimizga tushuntirishga, Gʻarb tarqatayotgan yolgʻon axborotlarni inkor qilishga harakat qilamiz. Aksariyat hollarda hamkorlarimiz bizni toʻgʻri tushunishmoqda.
Ukraina mojarosi - Amerika daromadi
Dastlab AQSH Yevropani Ukrainaga harbiy jihozlar yetkazib berishga, keyin oʻqotar qurollar, yaqinda esa tanklar yetkazib berishga majburladi. Gʻarb yaqin kelajakda Ukrainaga samolyotlar ham yetkazib berishni boshlasa, hayron boʻlmaymiz.
Yevropa qurol omborlari boʻshaganidan soʻng AQShdan qurol sotib olishga majbur boʻladi. Bunga NATO haqidagi kelishuv ham xizmat qiladi. Chunki ular har yili YAIMning 2 foizini blokka toʻlash majburiyati bor.
Amerika harbiy sanoati allaqachon yangi buyurtmalar olishga tayyorgarlik koʻrmoqda va ildam qadamlar bilan toʻliq ishga tushirilmoqda.
Iqtisodiy jihatdan ham arzon energiya tashuvchilardan mahrum boʻlgan Yevropa sanoat korxonalari ham sekin-asta AQShga koʻchib oʻtmoqda. AQSH buning uchun ularni ragʻbatlantiruvchi qonunlar ham qabul qilishga ulgurdi.
Yevropaliklar kim ularni talon-taroj qilayotganini oz-ozdan tushunib bormoqda. Yaqinda Makron AQShning imtiyozlar haqidagi qonunlarni tanqid qilgan edi.
Yana qaysi respublikani Rossiyaga qarshi qilish mumkin?
Hozir bu rolga Moldovani faol tayyorlashmoqda. Oʻzi Ruminiya fuqarosi boʻlgan mamlakat prezidenti lavozimida ishlamoqda va Moldovani Ruminiya bilan birlashtirib NATOga olib kirishni juda istamoqda. Hozir bu yerda hamma narsa mojaro tomon ketmoqda.
Gʻarb shu yoʻsinda Gruziyani ham Rossiyaga qarshi qilishga urinib koʻrdi. Bir vaqtlar hatto u tomondan ikkinchi front ochish haqidagi gaplar ham paydo boʻldi. Lekin bugungi Gruziyada prezident muhim rol oʻynamaydi. Hokimiyat esa, AQSH tomonidan koʻrsatilgan mislsiz bosimga qaramasdan, oʻz milliy manfaatlari yoʻlidan borishni tanladi va Gʻarbga qatʼiy “yoʻq” javobini berdi.
Markaziy Osiyo davlatlariga kelsak, - ha, biz u yerda AQSH va Gʻarb tomonidan qilinayotgan koʻplab urinishlarning guvohi boʻlmoqdamiz. Ular turli nodavlat tashkilotlar va boshqa tuzilmalar orqali mahalliy hukumatlarni Rossiya bilan aloqalarni cheklashga, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirmaslikka undamoqda. Lekin bu urinishlar u yerda qoʻllab-quvvatlanmayapti. Bizning mahalliy hamkorlarimiz bu “oʻyinlarni” koʻrib turishibdi va Gʻarbning asl maqsadlarni toʻgʻri tushunishmoqda.
Aytish joizki, AQSH vakolatxonalari mavjud boʻlgan barcha sobiq Ittifoq mamlakatlarida Rossiyaga qarshi faoliyat olib borilmoqda.
KXSHT va Rossiya haqida
KXSHT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) shartnomasida agar aʼzo davlatlardan biriga tajovuz uyushtirilsa, uning soʻroviga binoan boshqa aʼzolar kerakli harbiy yordamni koʻrsatishi kerak deyilgan. Hozir Rossiyaga KXSHT yordami kerak emasmi?
Oʻtgan yili Qozogʻistonda yanvar voqealari sodir boʻlganda, Qozogʻiston prezidenti KXSHTga yordam soʻrab murojaat qilgan edi. Tashkilot bunga yashin tezligida javob berdi va harbiy kuchlar bir sutka ichida kerakli manziga yetib borib, qoʻyilgan vazifalarni bajarishga kirishdi.
Bugungi maxsus operatsiya vaziyatida esa Rossiya KXSHTdan yordam soʻragani yoʻq. Biz hammma ishni oʻz kuchlarimiz yordamida amalga oshirmoqdamiz.
KXSHT aʼzolari tashqi siyosiy maydonlarda ham bir birini qoʻllab-quvvatlashi kerak. Ayniqsa bugungi vaziyatda xalqaro maydonda Rossiya pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlovchi tarafdorlar kerak. Yaqinda boʻlib oʻtgan KXSHT majlisida aynan shu masala muhokama qilindi.
Arman-Ozarbayjon mojarosi haqida
Armaniston KXSHT doirasida yordam soʻrab murojaat qildi. Biz Armanistonning Ozarbayjon chegarasiga yaqin boʻlgan hududida KXSHT qoʻshinlarni joylashtirish boʻyicha shartnoma ishlab chiqdik va uni Armanistonga taklif qildik. Lekin Armaniston soʻnggi damda undan voz kechdi.
Ular KXSHTdan Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻga hujumini keskin qoralashini talab qilishdi. Lekin KXSHT bunday qilishga haqli emas, chunki Ozarbayjon qonuniy oʻziga tegishli boʻlgan, Armaniston bir necha yillar davomida bosib olgan yerlarni oʻziga qaytardi.
Demokratlar va avtokratlar
AQSH va Gʻarb qolgan barcha xalqlar uchun dunyoning judda oddiy suratini chizishgan: ular taʼkidlashiga koʻra, dunyoda demokratik va avtokratik davlatlar bor. Shunday oddiy tushunchalar ostida AQSH dunyo mamlakatlarini birlashtirib, avtokrat davlatlar, yaʼni Rossiya, Xitoy, KXDR va Eronga qarshi kurash eʼlon qilishni istaydi. Yaqinda demokratik davlatlar sammiti boʻlib oʻtishi va unda Zelenskiy nutq soʻzlashi kutilmoqda. Kim demokrat ekanini – Amerika belgilaydi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu “demokrat” davlatlar oʻzlarning qandaydir rejasini tayyorlashmoqda. Unga koʻra, ular avtokratik davlatlarda yashayotgan qiynalgan va kamsitilgan millatlarga ushbu davlatlar hukumatlarini chetlab oʻtgan holda qandaydir yordam berishni rejalashtirgan.
Bu qanday amalga oshadi, maʼlum emas, lekin bu barcha xalqaro huquq normalari, BMT ustavi va xalqaro qonunlarga zid boʻlishi aniq.
Rossiya va Xitoy
Rossiya va Xitoyning bugungi munosabatlari – oʻzaro tariximizda eng yaxshi munosabatlardir. Ular sifat jihatidan har qanday harbiy ittifoqdan yuqori. Ularda hech qanday cheklov va chegara yoʻq.
Chunki Rossiya ham Xitoy ham bir narsani xohlaydi – oʻz yoʻlidan borishni, oʻz milliy rejalari asosida, mavjud xalqaro huquq va savdo normalariga amal qilgan holda, yashashni va rivojlanishni istaydi.
Hozir Rossiya va Xitoy orasida munosabatlarni sovuqlashtirish, nizo chiqarishga harakat qilayotganlar juda koʻp. Ulardan har xil gapni eshitish mumkin, jumladan Xitoy Rossiyaga tahdid solishi mumkinligi haqida ham. Bularning barchasi Rossiya va Xitoy oʻzaro kelishuvlarni kamaytirish, iqtisod va siyosatda oʻzaro harakatlarni muvofiqlashtirishga xalal berish uchun qilinmoqda.
Gʻarb moliya tashkilotlari
Bugungi kunda umumjahon maqomiga ega boʻlgan savdo va moliya tashkilotlari Bretton-Vuds kelishuvi davrlaridan boshlab Gʻarb tomonidan yaratilgan edi.
Bu institutlar doirasiga Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti kiradi. Biz ushbu tashkilotlarga aʼzo boʻlish vaqtimizda u yerda oʻrnatilgan barcha talablarni bajarishni boʻyin olgandik. Masalan JSTga kirish uchun bizga 17 yil kerak boʻldi. Biz oʻz qonunchiligimizni uning normalariga mosladik. Bu qoidalar aslida dunyoda halol raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan edi.
Lekin bugungi kunda ularning barchasi faqat bir mamlakat foydasiga ishlamoqda. Masalan, AQSH JSTda tortishuvlar boʻlimining ishini bloklab qoʻygan. Aks holda Xitoy AQShning nohaq talablari ustidan arz qilib, aniq gʻalaba qozongan boʻlardi. AQSH eng nomunosib maʼmuriy yoʻllar bilan ushbu organ faoliyatini toʻxtatib turibdi.
XVJda ham shunday vaziyat, obʼyektiv iqtisodiy sabablarga koʻra BRICS davlatlari boʻyicha allaqachon AQShdan oʻzib ketgan, lekin AQSH ovoz sanashdagi nohaqlikdan foylanib, oʻzining veto huquqini saqlab qolmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vazirining toʻliq intervyusini rus tilida
quyida tomosha qilishingiz mumkin.