O‘zbekiston terma jamoasi o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaPredstaviteli sbornoy Uzbekistana po strelbe zavershili Kubok mira dvumya medalyami.
Predstaviteli sbornoy Uzbekistana po strelbe zavershili Kubok mira dvumya medalyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Indoneziyada o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston vakillari ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turnirning start kuni erkaklar o‘rtasida 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida Muhammad Kamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 10 metr masofaga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha musobaqaning jamoaviy dasturida respublika ayollar terma jamoasi vakillari ikkinchi o‘rinni egalladi. Alina Tarasova, Nigina Saidqulova, Sitora Ergashboyevadan iborat trio kumush medal sohibiga aylandi. Ular finalda Janubiy Koreya sportchilariga 9:17 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0