https://oz.sputniknews.uz/20230202/ozbekiston-geologik-malumotlarni-toliq-raqamlashtirishni-boshladi---foto-31915063.html
O‘zbekiston geologik ma’lumotlarni to‘liq raqamlashtirishni boshladi - foto
O‘zbekiston geologik ma’lumotlarni to‘liq raqamlashtirishni boshladi - foto
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘p yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari ma’lumotlari qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga o‘tkazilmoqda. 02.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-02T10:31+0500
2023-02-02T10:31+0500
2023-02-02T11:05+0500
jamiyat
o‘zbekneftgaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31915263_0:29:1280:749_1920x0_80_0_0_48fe6ad27f083e712b885fb302e34e95.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston geologik ma’lumotlarni to‘liq raqamlashtirishni boshladi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" xabar berdi.Qayd etilishicha, ko‘p yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari ma’lumotlari qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga o‘tkazilmoqda.Buning uchun "O‘zbekneftgaz" zamonaviy dasturiy ta’minot to‘plami, yuqori sifat darajasiga ega bo‘lgan katta sig‘imli kompyuter texnikalari, katta formatli skanerlar, rangli printerlar hamda interaktiv panellar xarid qildi.Katta formatli skaner uskunasi yordamida quyidagi hisobotlar qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga o‘tkazildi:Kelgusida barcha geologik ma’lumotlar qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga to‘liq o‘tkaziladi. Zamonaviy axborot dasturlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish orqali geologik ma’lumotlarning bosqichma-bosqich raqamlashtirilishi amalga oshiriladi.“Bu o‘z navbatida, respublikada neft va gazga geologiya qidiruv ishlarini tezkor va samarali tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Yer qa’ri uchastkalarini geologik o‘rganish bo‘yicha mavjud geologik ma’lumotlarning asrlar mobaynida sifatli saqlanib borilishini ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31915263_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_125cb5998c4fa87438a479e4d388762b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekneftgaz
O‘zbekiston geologik ma’lumotlarni to‘liq raqamlashtirishni boshladi - foto
10:31 02.02.2023 (yangilandi: 11:05 02.02.2023) Ko‘p yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari ma’lumotlari qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston geologik ma’lumotlarni to‘liq raqamlashtirishni boshladi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz"
xabar berdi. Qayd etilishicha, ko‘p yillik neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari ma’lumotlari qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga o‘tkazilmoqda.
Buning uchun "O‘zbekneftgaz" zamonaviy dasturiy ta’minot to‘plami, yuqori sifat darajasiga ega bo‘lgan katta sig‘imli kompyuter texnikalari, katta formatli skanerlar, rangli printerlar hamda interaktiv panellar xarid qildi.
Katta formatli skaner uskunasi yordamida quyidagi hisobotlar qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga o‘tkazildi:
460 taga yaqin quduq bo‘yicha 17 mingdan ortiq karotaj diagrammalari;
100 ta maydonning geofizik pasport ma’lumoti;
130 dan ortiq quduqning geologik ma’lumotlari;
kon va maydonlarning geologik hamda zaxiralar.
Kelgusida barcha geologik ma’lumotlar qog‘oz nusxalardan elektron nusxalarga to‘liq o‘tkaziladi. Zamonaviy axborot dasturlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish orqali geologik ma’lumotlarning bosqichma-bosqich raqamlashtirilishi amalga oshiriladi.
“Bu o‘z navbatida, respublikada neft va gazga geologiya qidiruv ishlarini tezkor va samarali tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Yer qa’ri uchastkalarini geologik o‘rganish bo‘yicha mavjud geologik ma’lumotlarning asrlar mobaynida sifatli saqlanib borilishini ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.