https://oz.sputniknews.uz/20230202/nodirbek-abdusattorov-futbolchi-bolishi-mumkin-edi-grossmeyster-haqida-qiziqarli-faktlar-31924414.html
Nodirbek Abdusattorov futbolchi bo‘lishi mumkin edi: grossmeyster haqida qiziqarli faktlar
Nodirbek Abdusattorov futbolchi bo‘lishi mumkin edi: grossmeyster haqida qiziqarli faktlar
Sputnik O‘zbekiston
11 yoshida FIDEning “TOP-100 o‘smirlar” ro‘yxatiga kirdi. Abdusattorov muvaffaqiyatiga qaramay, O‘zbekistondagi eng sirli va kamtarin shaxmatchi bo‘lib qolmoqda.
2023-02-02T19:40+0500
2023-02-02T19:40+0500
2023-02-16T20:19+0500
sport
nodirbek abdusattorov
shaxmat
chempion
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31935055_0:50:1280:770_1920x0_80_0_0_fa3291db15d5453ad253de69db202f2e.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov - rapid bo‘yicha eng yosh grossmeyster va jahon chempioni. Qolaversa, o‘zbekistonliklar g‘ururlanuvchi sportchidir.U opasi va akasining mashg‘ulotini tomosha qilib, shaxmat bo‘yicha o‘z dunyosini kashf etdi va 11 yoshida FIDEning “TOP-100 o‘smirlar” ro‘yxatiga kirdi. Abdusattorov muvaffaqiyatiga qaramay, O‘zbekistondagi eng sirli va kamtarin shaxmatchi bo‘lib qolmoqda. Grossmeyster haqidagi eng qiziqarli faktlar haqida materialimizda o‘qing.Shaxmat o‘ynashni 3 yoshidan boshlaganNodirbekning akasi va opasi u hali kichkinaligida shaxmatchilar to‘garagiga borishgan. Biroq bolaga uyda qarab qoladigan hech kim bo‘lmagani sababli Abdusattorovning onasi o‘g‘lini o‘zi bilan olib borar edi. Akasi va opasining mashg‘ulotlarini tomosha qilgan Nodirbek shaxmat taxtasida donalarning harakatini mustaqil o‘zlashtirdi va o‘yinga qiziqib qoldi."Yaxshi bo‘lish osonmi?" ("Gadkiy ya") multfilmini yoqtiradiNodirbek mazkur multfilmni yoqtirishini o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda “yoqdi” tugmachasi bilan belgilagan.UylanmaganNodirbek bu yil 19 yoshga to‘ladi. Hozirda shaxmatchi butun vaqtini o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘rganishga bag‘ishlamoqda.U 13 yoshida grossmeyster bo‘ldiAbdusattorov 2017-yil oktabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Chigorin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro shaxmat turnirida hindistonlik 24 yoshli grossmeyster Panayappan Setxuraman va 27 yoshli rossiyalik grossmeyster Yevgeniy Levinni mag‘lubiyatga uchratdi. Turnirda 9 balldan 6,5 ball to‘plagan Nodirbek g‘olib bo‘ldi va tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi.Shaxmat bo‘lmasa, Nodirbek futbolni afzal ko‘rgan bo‘lar ediBu haqda shaxmatchi o‘z intervyularida bir necha bor eslatib o‘tgan. U ishning og‘irligiga qaramay, bo‘sh vaqtida to‘p surishidan xursand.Kelajakda otasi izidan borib, harbiy bo‘lishni orzu qiladiNodirbek o‘zining asosiy orzusi – shaxmat bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lishdan tashqari, otasidan o‘rnak olib, hayotini harbiy xizmat bilan bog‘lamoqchi ekanini aytgan.Shaxmatchining kumiri - bu Magnus KarlsenBu haqda Nodirbek jurnalistlar bilan suhbatida aytib o‘tgan. E’tiborlisi, u yaqinda Niderlandiyadagi xalqaro musobaqada Magnus Karlsen ustidan sensatsion g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.Xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumov shaxmatchining birinchi murabbiyi bo‘ldiJamoatchilik bilan suhbatda Dmitriy Qayumov Nodirbek bilan birinchi o‘yindan so‘ng aql bovar qilmaydigan iste’dodli bolakay oldida turganini anglaganini tan olgan.Toshkentdagi 152-maktabni tamomlaganNodirbek shaxmat musobaqalariga tez-tez borishiga qaramay, o‘qishda tengdoshlaridan qolmaslik uchun astoydil o‘qidi, repetitorlarga bordi.Rus va ingliz tillarini yaxshi biladiNodirbek rus va ingliz tillarini o‘rganmoqda va ularda ravon gapira oladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/02/31935055_192:0:1280:816_1920x0_80_0_0_6709348fd7b125406935d5cbb483bd03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nodirbek abdusattorov shaxmat shaxmatchi qiziqarli faktlar ma’lumot chempion
nodirbek abdusattorov shaxmat shaxmatchi qiziqarli faktlar ma’lumot chempion
Nodirbek Abdusattorov futbolchi bo‘lishi mumkin edi: grossmeyster haqida qiziqarli faktlar
19:40 02.02.2023 (yangilandi: 20:19 16.02.2023) U O‘zbekistondagi eng mashhur shaxmatchi futbolchi bo‘lishi mumkin edi, biroq u harbiy bo‘lishni orzu qiladi va xorijiy tillarni o‘rganmoqda.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Shaxmatchi
Nodirbek Abdusattorov - rapid bo‘yicha eng yosh grossmeyster va
jahon chempioni. Qolaversa, o‘zbekistonliklar g‘ururlanuvchi sportchidir.
U opasi va akasining mashg‘ulotini tomosha qilib, shaxmat bo‘yicha o‘z dunyosini kashf etdi va 11 yoshida FIDEning “TOP-100 o‘smirlar” ro‘yxatiga kirdi. Abdusattorov muvaffaqiyatiga qaramay, O‘zbekistondagi eng sirli va kamtarin shaxmatchi bo‘lib qolmoqda. Grossmeyster haqidagi eng qiziqarli faktlar haqida materialimizda o‘qing.
Shaxmat o‘ynashni 3 yoshidan boshlagan
Nodirbekning akasi va opasi u hali kichkinaligida shaxmatchilar to‘garagiga borishgan. Biroq bolaga uyda qarab qoladigan hech kim bo‘lmagani sababli Abdusattorovning onasi o‘g‘lini o‘zi bilan olib borar edi. Akasi va opasining mashg‘ulotlarini tomosha qilgan Nodirbek shaxmat taxtasida donalarning harakatini mustaqil o‘zlashtirdi va o‘yinga qiziqib qoldi.
"Yaxshi bo‘lish osonmi?" ("Gadkiy ya") multfilmini yoqtiradi
Nodirbek mazkur multfilmni yoqtirishini o‘zining ijtimoiy tarmoqlarda “yoqdi” tugmachasi bilan belgilagan.
Nodirbek bu yil 19 yoshga to‘ladi. Hozirda shaxmatchi butun vaqtini o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘rganishga bag‘ishlamoqda.
U 13 yoshida grossmeyster bo‘ldi
Abdusattorov 2017-yil oktabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Chigorin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro shaxmat turnirida hindistonlik 24 yoshli grossmeyster Panayappan Setxuraman va 27 yoshli rossiyalik grossmeyster Yevgeniy Levinni mag‘lubiyatga uchratdi. Turnirda 9 balldan 6,5 ball to‘plagan Nodirbek g‘olib bo‘ldi va tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi.
Shaxmat bo‘lmasa, Nodirbek futbolni afzal ko‘rgan bo‘lar edi
Bu haqda shaxmatchi o‘z intervyularida bir necha bor eslatib o‘tgan. U ishning og‘irligiga qaramay, bo‘sh vaqtida to‘p surishidan xursand.
Kelajakda otasi izidan borib, harbiy bo‘lishni orzu qiladi
Nodirbek o‘zining asosiy orzusi – shaxmat bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lishdan tashqari, otasidan o‘rnak olib, hayotini harbiy xizmat bilan bog‘lamoqchi ekanini aytgan.
Shaxmatchining kumiri - bu Magnus Karlsen
Bu haqda Nodirbek jurnalistlar bilan suhbatida aytib o‘tgan. E’tiborlisi, u yaqinda Niderlandiyadagi xalqaro musobaqada Magnus Karlsen ustidan sensatsion g‘alaba qozonishga
muvaffaq bo‘ldi.Xalqaro grossmeyster Dmitriy Qayumov shaxmatchining birinchi murabbiyi bo‘ldi
Jamoatchilik bilan suhbatda Dmitriy Qayumov Nodirbek bilan birinchi o‘yindan so‘ng aql bovar qilmaydigan iste’dodli bolakay oldida turganini anglaganini tan olgan.
Toshkentdagi 152-maktabni tamomlagan
Nodirbek shaxmat musobaqalariga tez-tez borishiga qaramay, o‘qishda tengdoshlaridan qolmaslik uchun astoydil o‘qidi, repetitorlarga bordi.
Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi
Nodirbek rus va ingliz tillarini o‘rganmoqda va ularda ravon gapira oladi.