Muzlagan piyozni iste’mol qilsa bo‘ladimi - mutaxassis

© Foto : Pixabay / Couleur Luk repchatiy
Luk repchatiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Obuna bo‘lish
Bozor rastalarida yoki uy sharoitida muzlab qolgan piyozdan qanday foydalanish mumkinligi haqida materialimizda o‘qing.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Piyoz sovuq haroratga bardosh bera oladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisi Shahnoza Oripova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Mamlakatda kuzatilgan sovuq ob-havo sharoitida bozor rastalaridagi poliz ekinlari, jumladan, piyozning muzlab qolish holatlari kuzatildi. Buning natijasida ko‘plab iste’molchilarda muzlash jarayoni piyozning sifati va uning xususiyatlariga qanday ta’sir qilishi haqidagi savollar tug‘ildi.
Mutaxassis Shahnoza Oripovaning aytishicha, past va salbiy haroratga bardosh bera olish piyozning muhim xususiyati hisoblanadi.

“Piyoz muzlatilgan holatda ham o‘zining xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Lekin muzlagan piyozning muzini asta-sekin eritish kerak. Uni -30 C dan past bo‘lmagan haroratda saqlash tavsiya etiladi. Piyoz saqlash vaqtida muzlab qoladi, keyinroq qaytib tiklanishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yanvarda sodir bo‘lgan anomal sovuqda, bozor rastalarida saqlanayotgan piyoz muzlab qolgani haqida xabar berilgan edi. Shunindek, respublikada qo‘shimcha miqdorda 37,5 ming tonna piyoz1 aprelga qadar ichki bozorlarga kiritilishi ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0