Mirziyoyev “Global textile infinity” klasteri to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi
15:26 02.02.2023 (yangilandi: 15:29 02.02.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Kushtepinskiy rayon Ferganskoy oblasti, gde oznakomilsya s tekstilnim predpriyatiyem klastera “Global textile infinity”.
Obuna bo‘lish
Prezident 2022-yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida “Global textile infinity” klasterining ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgan edi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev “Global textile infinity” klasterining to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi hamda vodiy viloyatlarida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlat rahbari 2022-yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida “Global textile infinity” klasterining ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgan edi. O‘shandagi ko‘rsatmalar asosida loyiha jadallashtirilib, dekabrda ishga tushirildi.
Bu galgi tashrifda Qo‘shtepa tumanidagi mazkur to‘qimachilik korxonasi ko‘zdan kechirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya xlopkovo-tekstilnoy promishlennosti v oblastax Ferganskoy dolini.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya xlopkovo-tekstilnoy promishlennosti v oblastax Ferganskoy dolini.
Bu yerda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Korxona yiliga 18 million metr aralash mato hamda 10 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Prezident tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya xlopkovo-tekstilnoy promishlennosti v oblastax Ferganskoy dolini.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya xlopkovo-tekstilnoy promishlennosti v oblastax Ferganskoy dolini.
Bu yerda o‘quv va kasanachilik markazi ham ochilgan. Unda korxona uchun zarur 4 ta yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Kushtepinskiy rayon Ferganskoy oblasti, gde oznakomilsya s tekstilnim predpriyatiyem klastera “Global textile infinity”.
Shavkat Mirziyoyev posetil Kushtepinskiy rayon Ferganskoy oblasti, gde oznakomilsya s tekstilnim predpriyatiyem klastera “Global textile infinity”.
Ushbu klaster majmuasida vodiy viloyatlarida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘tgan olti yilda bu viloyatlarda 35 ta klaster tashkil etilib, 670 million dollarlik 150 dan ortiq yirik loyiha ishga tushirilgan.
Ma’lumki, shu yil 26-yanvarda paxtachilik klasterlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga oid prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, klasterlar paxta yetishtirishga o‘g‘it, urug‘, yoqilg‘i uchun imtiyozli kreditlarni istalgan vaqtda olish imkoniga ega bo‘ldi. Ularga g‘o‘za navlarini mustaqil joylashtirish, chetdan hosildor navlarni seleksiya uchun olib kelishga ruxsat berildi.
Shuningdek, lazerli tekislagichlarni sotib olishda ular qiymatining 30 foizi budjetdan qoplab beriladi. Ishlab chiqarishni ilm bilan bog‘lash maqsadida har bir klasterga paxtachilik ilmiy tashkilotlari va agroxizmat markazlari biriktiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya xlopkovo-tekstilnoy promishlennosti v oblastax Ferganskoy dolini.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya xlopkovo-tekstilnoy promishlennosti v oblastax Ferganskoy dolini.
Yig‘ilishda mazkur chora-tadbirlarning amaliy jihatlariga to‘xtalib o‘tildi.