TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankining IT loyihasi Rossiyaning “Yil loyihasi” tanlovi g‘olibiga aylandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.Moskvada har yili o‘tkaziladigan “Yil loyihasi” tanlovi IT-direktorlar va top-menejerlar uchun asosiy muloqot maydoniga aylandi. Bu yilgi tanlovda ishtirok etish uchun Rossiya va MDH davlatlaridan 434 ta loyiha taqdim etildi.Tanlov ishtirokchilarining loyihalari Global CIO professional hamjamiyati a’zolari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn ovoz berish yo‘li bilan 5 ta nominatsiya bo‘yicha baholandi.Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan “IS Biometrik identifikatsiya (MyID)” loyihasi “Eng yaxshi biometrik identifikatsiya loyihasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Moskvada o‘tkazilgan “Yil loyihasi” tanloviga Rossiya va MDH davlatlaridan 434 ta loyiha taqdim etildi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankining IT loyihasi Rossiyaning “Yil loyihasi” tanlovi g‘olibiga aylandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Moskvada har yili o‘tkaziladigan “Yil loyihasi” tanlovi IT-direktorlar va top-menejerlar uchun asosiy muloqot maydoniga aylandi. Bu yilgi tanlovda ishtirok etish uchun Rossiya va MDH davlatlaridan 434 ta loyiha taqdim etildi.
Tanlov ishtirokchilarining loyihalari Global CIO professional hamjamiyati a’zolari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn ovoz berish yo‘li bilan 5 ta nominatsiya bo‘yicha baholandi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan “IS Biometrik identifikatsiya (MyID)” loyihasi “Eng yaxshi biometrik identifikatsiya loyihasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.