Isroil G‘azo sektoriga hujum qildi

© © AP Photo / Tsafrir AbayovIstrebitel F-16 Fighting Falcon VVS Izrailya.
Istrebitel F-16 Fighting Falcon VVS Izrailya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Obuna bo‘lish
Isroil samolyoti Falastin raketasi ishga tushirilgandan so‘ng, G‘azo sektoriga hujum qildi
TOShKENT, 2 fev – Sputnik Falastinliklar raketa uchirgandan so‘ng Isroil samolyoti G‘azo sektoriga hujum qildi, deya xabar bermoqda Reuters guvohlarga tayanib.
“Isroil samolyoti falastinlik jangarilar chegara orqali raketa uchirgandan so‘ng, G‘azo bo‘ylab zarbalar bermoqda”, - deyiladi agentlik xabarida.
Mamlakat mudofaa armiyasi Twitter sahifasida payshanba tunda G‘azo sektoriga hujumlar uyushtirganini tasdiqladi.

“Ayni paytda SAXAL (Isroil mudofaa armiyasi - tahr) G‘azo bo‘ylab hujumlar olib bormoqda”, - deyiladi xabarda.

O‘tgan hafta jumaga o‘tar kechasi Isroil va G‘azo sektori o‘rtasida raketa otishmalari bo‘lib o‘tdi. Bunga Jenin shahrida falastinliklar va isroillik askarlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab bo‘lgan, natijada kamida 10 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Isroilning Jenindagi bosqiniga javoban falastinliklar Quddusda ikkita terakt uyushtirdi.
Yangiliklar lentasi
0