https://oz.sputniknews.uz/20230201/ukraina-oz-yadroviy-mavqeini-muhokama-qilmoqchi--mamlakat-elchisi-31889325.html
Ukraina o‘z yadroviy mavqeyini muhokama qilmoqchi – mamlakat elchisi
Ukraina o‘z yadroviy mavqeyini muhokama qilmoqchi – mamlakat elchisi
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaning yadroviy bo‘lmagan maqomini qayta ko‘rib chiqish bayonotlari Rossiyada tashvish uyg‘otmoqda. 01.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-01T15:21+0500
2023-02-01T15:21+0500
2023-04-05T18:43+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
yadro quroli
tinchlik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29227834_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_21f9e7f82f40f774ac3d3f2a005871bf.jpg
TOShKENT, 1 fev – Sputnik Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyev Kiyev yadroviy mavqeyi borasida muhokamalar boshlash niyatidagi ekanini aytdi. Biroq, bu qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida u “tayyor taklifi” yo‘qligini ham ma’lum qilgan.Eslatib o‘tamiz, 1994-yilda Ukraina Budapesht memorandumini imzolagan va boshqa imzolagan davlatlarning uni xavfsiz saqlash va’dasi evaziga dunyodagi uchinchi yirik yadroviy qurol zaxirasidan voz kechgan. 2022-yilning kuzida BMT Bosh Assambleyasi birinchi qo‘mitasi yig‘ilishida Rossiya delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari (qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanadi) Konstantin Voronsov Rossiya Kiyevga yadro qurollari bilan tahdid qilmagani va tahdid qilmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning yadroviy bo‘lmagan maqomini qayta ko‘rib chiqish bayonotlari tashvish uyg‘otmoqda. Bu bayonot Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga (YaQTSh) zid ravishda yadroviy qurolga ega bo‘lishini angalatadi. Shuningdek, Voronsov Kiyev uzoq yillar “Budapesht kelishuv”i, “Budapesht memorandumi”ga amal qilmay kelganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh o‘z sheriklari bilan Ukraina ishlariga surbetlarcha aralashib, uning suverenitetiga beparvolik qilmoqda.2022 yil iyun oyida Polsha TIV va mudofaa vazirligi sobiq rahbari, Yevroparlament deputati Radoslav Sikorskiy G‘arb Ukrainaga yadroviy qurol yetkazib berish huquqiga ega ekanini ta’kidlagan edi.Keyinchalik, avgust oyida YaQTShni ko‘rib chiqish konferensiyasida Rossiya delegatsiyasining vakili Aleksandr Trofimov Kiyevning yadroviy qurolga ega bo‘lishi Ukrainaning YaQTSh bo‘yicha majburiyatlarini buzishini aytdi. Shu bilan birga, ushbu konferensiyada Rossiya delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Andrey Belousov Rossiyani Budapesht memorandumini buzganlikda ayblash asossiz ekanini, uning “huquqiy poydevori” 2014-yildan ancha oldin buzilganini ma’lum qildi.SSSR parchalangandan so‘ng Kiyevga katta yadroviy arsenal qoldirilgan. Biroq, 1994-yili Ukraina, Rossiya, AQSh va Britaniya Budapesht memorandumini imzoladi. Ukrainaning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha xalqaro shartnoma sifatida xizmat qilgan. Kelishuvga muvofiq, Ukraina hududidagi yadro arsenali yo‘q qilindi va yadroviy derjavalar Kiyev xavfsizligini kafolatlashga va’da berdi.2022 yil fevralida Vladimir Zelenskiy Munxen konferensiyasida memorandum ishtirokchilari bilan muzokara tashkillashtirishini aytgan edi. Unda u agar muzokaralar tashkillashtirilmasa va natijalariga ko‘ra, Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘lmasa, “Ukraina Budapesht memorandumi ishlamayotganiga ishonishga to‘liq haqli bo‘ladi va 1994-yildagi barcha paketli qarorlar shubha ostiga olinadi”, deya aytgan edi.* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29227834_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_d4217d4fd3b16ef5946dae2ee6416ebe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, yadro quroli, tinchlik, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, yadro quroli, tinchlik, rossiya
Ukraina o‘z yadroviy mavqeyini muhokama qilmoqchi – mamlakat elchisi
15:21 01.02.2023 (yangilandi: 18:43 05.04.2023) Ukrainaning yadroviy bo‘lmagan maqomini qayta ko‘rib chiqish bayonotlari Rossiyada tashvish uyg‘otmoqda.
TOShKENT, 1 fev – Sputnik Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyev Kiyev yadroviy mavqeyi borasida muhokamalar boshlash niyatidagi ekanini aytdi. Biroq, bu qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida u “tayyor taklifi” yo‘qligini ham ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1994-yilda Ukraina Budapesht memorandumini imzolagan va boshqa imzolagan davlatlarning uni xavfsiz saqlash va’dasi evaziga dunyodagi uchinchi yirik yadroviy qurol zaxirasidan voz kechgan.
2022 yilning kuzida BMT Bosh Assambleyasi birinchi qo‘mitasi yig‘ilishida Rossiya delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari (qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanadi) Konstantin Voronsov Rossiya Kiyevga yadro qurollari bilan tahdid qilmagani va tahdid qilmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning yadroviy bo‘lmagan maqomini qayta ko‘rib chiqish bayonotlari tashvish uyg‘otmoqda. Bu bayonot Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga (YaQTSh) zid ravishda yadroviy qurolga ega bo‘lishini angalatadi. Shuningdek, Voronsov Kiyev uzoq yillar “Budapesht kelishuv”i, “Budapesht memorandumi”ga amal qilmay kelganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh o‘z sheriklari bilan Ukraina ishlariga surbetlarcha aralashib, uning suverenitetiga beparvolik qilmoqda.
“Biz “Budapesht memorandumi”ga ko‘ra xavfsizlik borasida AQSh va Birlashgan Qirollikdan boshqa yadroviy derjavalardan to‘liq qo‘llov olmadik. Bu faqatgina yadro quroli dunyoni tajovuzkor hujumdan qutqara olishini anglagan mamlakatlar uchun yomon signal edi. Mana nima uchun biz munozara boshlamoqchimiz”, - deydi diplomat "Deutsche Welle"* nashriga bergan intervyusida.
2022 yil iyun oyida Polsha TIV va mudofaa vazirligi sobiq rahbari, Yevroparlament deputati Radoslav Sikorskiy G‘arb Ukrainaga yadroviy qurol yetkazib berish huquqiga ega ekanini ta’kidlagan edi.
Keyinchalik, avgust oyida YaQTShni ko‘rib chiqish konferensiyasida Rossiya delegatsiyasining vakili Aleksandr Trofimov Kiyevning yadroviy qurolga ega bo‘lishi Ukrainaning YaQTSh bo‘yicha majburiyatlarini buzishini aytdi. Shu bilan birga, ushbu konferensiyada Rossiya delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Andrey Belousov Rossiyani Budapesht memorandumini buzganlikda ayblash asossiz ekanini, uning “huquqiy poydevori” 2014-yildan ancha oldin buzilganini ma’lum qildi.
SSSR parchalangandan so‘ng Kiyevga katta yadroviy arsenal qoldirilgan. Biroq, 1994-yili Ukraina, Rossiya, AQSh va Britaniya Budapesht memorandumini imzoladi. Ukrainaning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha xalqaro shartnoma sifatida xizmat qilgan. Kelishuvga muvofiq, Ukraina hududidagi yadro arsenali yo‘q qilindi va yadroviy derjavalar Kiyev xavfsizligini kafolatlashga va’da berdi.
2022 yil fevralida Vladimir Zelenskiy Munxen konferensiyasida memorandum ishtirokchilari bilan muzokara tashkillashtirishini aytgan edi. Unda u agar muzokaralar tashkillashtirilmasa va natijalariga ko‘ra, Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘lmasa, “Ukraina Budapesht memorandumi ishlamayotganiga ishonishga to‘liq haqli bo‘ladi va 1994-yildagi barcha paketli qarorlar shubha ostiga olinadi”, deya aytgan edi.
* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi