Toshkentda yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi – u qaysi manzillar bo‘ylab harakatlanadi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Obuna bo‘lish
Bugundan boshlab 152-sonli “Chorsu savdo markazi AShB – Moliya akademik litseyi” yangi bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkentda Chorsu savdo markazi bilan Moliya akademik litseyini bog‘lovchi yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Bugundan boshlab 152-sonli “Chorsu savdo markazi AShB – Moliya akademik litseyi” yangi bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda. "Isuzu" rusumli avtobuslar soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanadi.
© ToshshahartransxizmatYangi avtobus qatnovi
Yangi avtobus qatnovi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2023
Yangi avtobus qatnovi
Avtobuslar quyidagi manzillar bo‘ylab harakatlanadi:
“Chorsu savdo markazi AShB”dan - A.Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Do‘rmon yo‘li, Bog‘ishamol, Gulshan, Zarbuloq ko‘chalari orqali “Moliya akademik litseyi”ga qadar;
“Moliya akademik litseyi”dan - Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bog‘ishamol, Do‘rmon yo‘li, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, A.Navoiy, Samarqand Darvoza, A.Navoiy ko‘chalari orqali.
Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi "8-Avtobus saroyi" filialiga biriktirildi. Yo‘nalishdagi jadvallar soni avtobuslar asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0